35
“Kitob baytaratu-l-vozih” hamda forschadan o‘girilgan
“Kitobu-l-xayl” risolasidir .
Chavandozlikka tegishlilari arabchadan tarjima etilgan
“Xulosa” yoki “Kitob fi ilmun-nussob” hamda “Munyatu-l-
quzob” asarlaridir.
Arablarga turkiy tilni o‘rgatish uchun yirik grammatik
asarlar, qo‘llanmalar yaratilgan.
Turkiy til ayrim davrlarda Hindistonda ham amal qilgan.
Hindistonda turkiy tilga Dehli sultonligi davrida, keyinchalik
Boburiylar hukumronligi zamonida katta e’tibor qaratilgan edi.
Atoqli jamoat arbobi, Zahiriddin Bobur o‘z saltanatida turkiy
va forsiyning amal qiluviga katta e’tibor qaratdi, turkiy
adabiyotning gullab yashnashiga imkoniyat yaratib berdi. U va
uning farzandlari zamonida Hindistonda turkiy tilda yirik
tarixiy, badiiy asarlar yaratildi. Bobur o‘z asarlarining ko‘pini
o‘sha tuproqda ekanligi chog‘ida bitdi. “Boburnoma”,
“Mubayyan”, she’riy devoni ham o‘sha chog‘lar Boburning
saltanat davrida yozib tugallandi. Boburdan so‘ng turkiyda ijod
etish an’anasini Kamron Mirzo va boshqalar davom ettirdi.
Hindistonda yaratilgan badiiy adabiyot o‘zbek adabiyoti tarixi,
adabiy tili (“chig‘atoy turkchasi”)ning noyob namunalaridir.
Dostları ilə paylaş: