Figuralarning yuzlari Shaklning yuzi deb,shunday nomanfiy miqdorlarga aytiladiki,u quyidagi xossalarga ega:
1)Teng shakllar teng yuzga ega: F =F S(F )=S(F )
2) Agar shakl chekli sondagi qismlardan tashkil topgan bo’lsa,u holda uning yuzi qismlarning yuzlari yig’indisidan iborat,ya’ni
F=F +F +…+F S(F)=S(F )+S(F )+…+S(F )
Shakl yuzini o’lchash bu uni tomoni e ga teng(yuzi e ) birlik kvatrat bilan taqqoslash demakdir. Taqqoslash natijasida shunday x soni kelib chiqadiki,u S(F)=x*e ni qanoatlantiradi. x-soni berilgan o’lchov birligida shakl yuzining son qiymati deyiladi.
Shakl yuzini o’lchash usullaridan biri paletkalar (katakli plyonka) yordamida o’lchash. Bunda o’lchanayotgan shakl ustida paletkani yuzma-yuz qo’yamiz.
1.Berilgan shakl yuziga tegishli to’liq kvatratlar (kataklar) sonini aniqlaymiz. Masalan ularning soni m bo’lsin.
2.Berilgan shakl konturida yotgan kvatratlar(kataklar) sonini aniqlaymiz. Ularning soni n bo’lsin.F figuraning yuziS(F) shartini qanoatlantiradi.Shakl yuzini aniqroq hisoblash uchun kataklarni yana ham maydaroq (e = ) olish mumkin.
Amaliyotda S(F)=(m+ )e formula yordamida hisoblanadi.
Ta’rif: Yuzlari teng shakllar tengdosh deyiladi.Tengdosh shakllar teng bo’lmasligi ham mumkin.
Ta’rif: Agar ikkita shakl bir xil qismlardan tashkil topsa, teng tuzilgan deyiladi.
Teng tuzilgan figuralar har doim tengdoshdir.
Agar yuz o’lchov birligini almashtirsak, u holda yuzning son qiymatiyangi o’lchov birligi necha marta ortiq (kam) bo’lsa, shuncha marta kamayadi(ortadi).
Masalan, 5sm =5*1sm =5*(0,01dm )=(5*0,01)dm =0,05dm
Quyidagi shartlarni qanoatlantiradigan musbat miqdor massa deyiladi.
1) Tarozida bir-birlarini teng muvozanatda saqlaydigan jismlarning massalari tengdir.
2) Agar jism bo’laklardan tashkil topgan bo’lsa, u holda jismning massasi uni tashkil qiluvchi bo’laklar massalarining yig’indisidan iboratdir.
Jismning massasini tarozi yordamida o’lchaymiz. E massaga ega bo’lgan jismni tanlaymiz va uni o’lchov birligi sifatida qabul qilamiz.
Kilogramm (kg) asosiy massa birligi sifatida qabul qilingan. Platina va iridiy qotishmasidan 1889-yilda tayyorlangan silindrning massasi 1 kg deb qabul qilingan. Bu etalon xalqaro o’lchovlar byurosida Fransiyaning Sevre shahrida saqlanadi. Bundan oldingi asrda 1 kg deb 1 dm3 (4ºC) suvning massasi sifatida qabul qilingan edi. Gramm (g), tonna (t), sentner (s) va boshqa birliklar hosilaviy o’lchov birliklari deyiladi.
Jism hajmi quyidagi xossalarga ega:
1.Jism hajmining son qiymati nomanfiy haqiqiy son.
2.Teng jismlar teng hajmga ega.
3.Agar jism ichki umumiy nuqtaga ega bo’lmagan jismlarning birlashmasidan iborat bo’lsa u holda jismning hajmi birlashuvchi jismlar hajmlari yig’indisiga tengdir.
4.O’lchovlari birlik kesmadan iborat kubning hajmi birga teng.
Hajm birliklari:
Kub metr (m3); kub detsimetr (dm3); kub santimetr (sm3); kub millimeter (mm3), litr (l), gektolitr (gl), millilitr (ml), SI sistemada 1L=1dm3