Qozoqiston tarix tizmi Qozoqiston xamkorlik yo'nalishlari Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi


Jahon banki Qozogʻistonga Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolishga yordam bermoqda



Yüklə 242 Kb.
səhifə3/4
tarix16.06.2023
ölçüsü242 Kb.
#131643
1   2   3   4
Qozoqiston Ta\'lim Tizimi Va Hamkorlik Yo\'nalishlari

Jahon banki Qozogʻistonga Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolishga yordam bermoqda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Orol dengizining ahvoli 2000-yilga kelib, ayniqsa, achinarli boʻlib qoldi. Qachonlardir kattaligi jihatdan dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallagan bu dengiz oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridan beri tinimsiz quriy boshladi. Amudaryo va Sirdaryo suvlari dengizga bormay, sovet davrida bunyod boʻlgan irrigatsion loyihalarga oqizilishi natijasida, shu bugunga kelib dengizning chorak qismi qoldi, xolos. Oqibatda ekologik halokat va mahalliy aholining ommaviy kasalliklarga chalinishlari yuzaga keldi. Ulkan koʻl qurib borgani sari bu erlarda qishlar yanada qahraton, yozlar esa yanada jazirama va qurgʻoqchil boʻlib ketdi. Ammo Orol dengizining Qozogʻiston hududida joylashgan shimoliy qismi bugunga kelib qayta jonlana boshlagan. Shoʻr koʻlning bu qismini suvga toʻldirish imkoniyati Qozogʻiston hukumati Jahon banki tomonidan ajratilgan 85 million dollar kreditdan foydalanib, uzunligi yigirma kilometr boʻlgan Koʻkorol toʻgʻonini qurganidan keyin mumkin boʻlib qoldi. Natijada dengiz janubiy qismining qurishi davom etmoqda, ammo shimoliy qismining qurishi toʻxtadi. Qozogʻiston hukumatining rasmiy maʼlumotlariga qaraganda, sobiq Orol dengizi shimoliy qismining 40 foizini qayta tiklashga erishildi. Joriy yilning aprel oyi boshlarida Qozogʻiston hukumati dengizda ikkinchi toʻgʻon qurilishi uchun Jahon banki qoʻshimcha 126 million dollar kredit ajratib berayotganini eʼlon qildi. Orol dengizining Qozogʻiston qismi qayta hayotga kelayotgan bir paytda, Oʻzbekistonda dengiz sohillari tobora uzoqlashib bormoqda. Bu sahifada 2005—2007-yil aprel oylarida Orol dengizi holati boʻyicha fotosuratlarini solishtirib koʻrish mumkin.
Tuproqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tuproqlari shimolda 52° shahrik.gacha qoratuproq, 52–48° shahrik.lar orasida kashtan tuproq, undan janubda qoʻngʻir va boʻzqoʻngʻir choʻl tuproqlari bilan birga qumli va taqir tuproqlar, togʻlarda togʻ qoʻngʻir, togʻ kashtan, qora tuproq, boʻz oʻrmon va togʻ-oʻtloqi qoramtir tuproqlar tarqalgan. Togʻ tepalarida togʻ-oʻtloqi subalp va alp tuproqlar mintaqasi joylashgan.
Oʻsimliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qozogʻistonda oʻsimliklarning 15 ming turi bor. Tekislik qismi oʻsimlik qoplamining xarakteriga qarab 3 asosiy zonaga: dasht, chala choʻl va choʻl zonalariga boʻlinadi. Dasht zonasida har xil boshoqli oʻsimliklar oʻsadi, shimolroqda qayinzorlar uchraydi. Chala choʻl zonasida shuvoq-boshoqli oʻsimliklar koʻproq. Choʻl zonasi eng katta maydonni egallagan. Qizilqum choʻlida qora saksovulzorlar bor. Yirik daryo vodiylarida toʻqay oʻrmonlari (jiyda, turangʻil, tol, chingʻil) oʻsadi, daryo va koʻl boʻylari qamishzor. Togʻ etagi tekisliklari va togʻ oldilarida efemer va efemeroidlar. togʻ yon bagʻirlarida butalar (naʼmatak, zirk va boshqalar), yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Togʻlarning oʻrta mintaqasi igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻ tepalari subalp va alp oʻtloklaridan iborat.

Yüklə 242 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin