Qulay onlayn


Foizlarni hisoblash tartibi



Yüklə 183,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix17.05.2023
ölçüsü183,44 Kb.
#115568
1   2   3   4   5   6   7
Qulay onlayn ofertasi

3. Foizlarni hisoblash tartibi 
3.1 
Omonat bo‘yicha foizlar 2004-yil 30-yanvardagi 1306-son “Tijorat banklarida foizlarni 
hisoblash to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq har kuni hisoblab chiqiladi. Shu bilan birga, 365 kun 
bir yildagi taxminiy kunlar soni sifatida qabul qilinadi. 
3.2 
Omonat summasi bo'yicha foizlar bank tomonidan kelib tushgan kundan keyingi kundan 
boshlab, uni Omonatchiga qaytarish yoki boshqa sabablarga ko'ra Omonatchining hisobvarag'idan 
yechib olishdan oldingi kungacha hisoblanadi. Agar omonatchi omonatni ish kuni yopilganidan 
keyin yoki ishlamaydigan kunda ochgan bo‘lsa, bank tizimi ochilish operatsiyasini keyingi bank 
ish kunida qayd etadi, bunda Omonat summasi bo‘yicha foizlar aks ettirilgan kundan keyingi 
kundan boshlab hisoblanadi. 
3.3 
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining (30, 366 va 382-moddalar) talablariga 
muvofiq, soliq rezidenti maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari – 
Bank omonatchilardan to'lovlar manbai bo`yicha soliq to’lovlarini depozit bo'yicha to'langan 
foizlar (daromadlar) summasidan keyinchalik byudjetga o'tkazish yo’li bilan amalga oshiradi.
3.4 
Asosiy qarz qisman muddatidan oldin yechib olingan taqdirda, qisman yechib olingan 
kundan boshlab, Omonat bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarmagan holda, omonatning haqiqiy 
qoldig‘idan foizlar undiriladi. 
3.5 
Depozitlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar bankning ochiq ish kuni bilan bir 
kunda Bank balansida aks ettiriladi. Bankning ish kuni yopilgandan keyin amalga oshirilgan 
operatsiyalar keyingi ish kunida yoki ishlamaydigan/dam olish kunlarida bank balansida aks 
ettiriladi, ishlanmaydigan kundan keyingi birinchi ish bank kunida bank balansida aks ettiriladi. 
Bunda Bank tomonidan Omonat qabul qilingan sana yoki Omonatdan mablag‘lar o‘tkazilgan kun 
MBX tizimida amaldagi operatsiya sanasi hisoblanadi. 
3.6 
Omonat muddatidan oldin to`liq qaytarilgan taqdirda, Omonatchiga Omonatning haqiqiy 
summasi va Omonatning amaldagi muddati uchun hisoblangan foizlar to'lanadi. 

Yüklə 183,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin