Maqsad:
eksport hajmlarini pasaytirmasdan O’zbekistonda sementga o’sib borayotgan
ehtiyojini qoniqtirish;
portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
sementning yangi turini chiqarilishini o’zlashtirish;
valuta mablag’larini tejash
maqsadida, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar
ishlab chiqarilishini
mahalliylashtirish;
eksport salohiyatini yanada kengaytirilishini va qo’shimcha valuta mablag’larining kelib tushishini
ta'minlash maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish.
Qo’llanilish sohasi:
Portlandsement va uning turlari - zamonaviy qurilishda eng ko’p tarqalgan sement turlaridan
biri. Portlandsement klinkerini
gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo’shilmalar qo’shish orqali
olinadigan gidravlik biriktiruvchi modda portlandsement deb ataladi.
Umumiy qurilish portlandsementi asosan temirbeton ishlari uchun qo’llaniladi. Shuni qayd etib o’tish joiz-ki,
portlandsement penobeton, beton tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo’lakchalar va yo’l
plitalarini terishda keng foydalaniladi.
Oq sement toza ko’rinishda qo’llanilishga tayyor bo’lgan yakuniy mahsulot hisoblanmaydi, bu turli xil qurilish
materiallarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo komponenti bo’lib,
quyidagi sohalarda
qo’llaniladi:
Quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishda:
ichki va sirtqi ishlar uchun shpaklevka va suvoqchilik aralashmasi;
rangli terish uchun mo’ljallangan
qorishma;
pol uchun o’z-o’zidan tekislanadigan qorishmalar;
qurilish kimyosi (plita yelimlari va choklar uchun ishqalab tekislaydigan qorishma).
Beton mahsuloltlarini ishlab chiqarishda:
sun'iy qoplash toshlari va g’ishtlari;
terrazitli pol va
qoplash plitalari;
yo’lakchalar plitalar va bordyurlar;
kichik arxitektura shaklidagi buyumlar.
Dostları ilə paylaş: