Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyhalash tartibi Reja



Yüklə 23,92 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü23,92 Kb.
#122043
1   2
Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyhalash tartibi

Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Tejamlilik - materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Material sarfi jixatidan eng afzal konstruksiya teng mustahkamlikdagi konstruksiya hisoblanadi. Bunday konstruksiyadagi barcha kesimlar unga ishlatiladigan materiallarning fizik-mexaniq xossalaridan to‘liq foydalanish sharti bilan tanlangan bo‘ladi (teng mustahkamlikka ega bo‘lmagan konstruksiyalarda ba’zi yirik elementlarning mustahkamligidan to‘liq foydalanilmaydi).
Konstruksiya unga ta’sir etadigan kuchlarga hisoblangan bo‘lishi kerak. Tashqi yuklar, tayanchlarning siljishi, xaroratning o‘zgarishi, kirishishlar va boshqa shunga o‘xshash xodisalar konstruksiyalarga ta’sir etadigan kuchlarga kiradi.
Bino va inshootlarni loyihalashda konstruktiv sxemalar tuzish kerak. Bunday sxemalar bino va inshootning hamma qismlarida, uni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida konstruksiyalarning zaruriy mustahkamligi, ustivorligini ta’minlashi lozim. Loyihalarda konstruksiyalarning uzoqqa chidamliligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ko‘zda tutish sovuqbardosh va o‘tga chidamli, korroziyabardosh materiallarni tanlash, ularni chirishdan ximoya qilishga doir choralar ko‘rish kerak. Qurilish konstruksiyalari loyihalash deganda, ularning statik (yoki dinamik) kuchlarga, elementning kesim yuzasini hisoblash va loyihalash tushuniladi. Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat: 1.Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish; 2.Konstruksiyaning egilishini me’yoridan oshmasligini tekshirish Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari darajasiga qarab baholanadi. Beton qurilish materiallari ichida eng ko‘p qo‘llaniladi. Beton narxi boshqa materiallarga nisbatan ancha arzon. Zero uning mexanik xususiyati po‘latnikiga qaraganda ancha farq qiladi. Bunday holatda betonga teng keladigan material yo‘q. Uning tarkibiga hamma yerda mavjud bo‘lgan mahalliy materiallar kiradi. Yana bir ma’qul bo‘lgan tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi. Bu xususiyat temirbeton konstruksiyalarining uzoq davrga chidamli ekanligini ko‘rsatadi. Betonning arxitektura va konstruktiv imkoniyatlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Hisoblashda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, temirbeton konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o‘lchamlarini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va 8 uzoqqachidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir. Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash talab etilgan kesim yuzalar,armaturalar miqdorini hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur ma’lumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - QMQ qurilish konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisoblanib, u konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yutuqlarni o‘zida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasining samarali shakli va o‘lchamlarini, betonning optimal sinfini, ishchi armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementni yorilishga bardoshiga va bikrligini hisobga oladigan kesim yuzasi, hisobiy kesim yuza deyiladi. Konstruksiya deganda, element qismlarini birlashtirish tushuniladi. Konstruksiyalash esa binolarni konstruktiv xal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashning samarali sxemasini belgilash, opalobka va armatura konstruksiya uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Konsruksiyalarning loyihalash, kesim yuzasi haqidagi ma’lumotlar asosida, me’yor talablarni hisobga olgan holda bino va inshootni qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikrligini ta’minlaydigan hisobiy kuchni aniqlashdan iborat bo‘lishi kerak. Qurilish konstruksiyalari ularga qo‘yiladigan funksional, texnik, iqtisodiy, estetik va boshqa talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi. Funksional talablarga ko‘ra har bir konstruksiya qanday maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunga mos bo‘lishi hamda bino yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi lozim. Texnik talablar konstruksiyaning zarur mustahkamligi, bikrligi 9 va uzoqqa chidashini ta’minlashga qaratiladi. Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan muhim talablarga tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologiyabopligi kiradi. Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig‘ma konstruksiyalar bu talablarni to‘liq qanoatlantiradi. Iqtisodiy talablar konstruksiya materiali, uning tipi (masalan, fermalar yoki to‘sinlar) va asosiy o‘lchamlari (masalan, to‘sin balandligi va eni) ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Konstruktiv yechimlar konstruksiyalarni muayyan shartsharoit-larda ishlatishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muv-ofiqligiga asoslangan holda, material va energiya sarfini, shuningdek, sermehnatligini hamda qurilish obyekti narxini maksimal darajada kamaytirishni hisobga olgan holda tanlangan bo‘lishi kerak. Bunga quyidagilarni amalga oshirish orqali erishish mumkin:samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanish; - konstruksiyalarning massasini kamaytirish; - materiallarning fizik-mexanik xususiyatlaridan to‘liq foydalanish; - mahalliy qurilish materiallarini ishlatish; - asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid tegishli talablarga rioya qilish. Loyihalashda yechimlarning bir necha variantlari tuzilib, ularda konstruksiyalarni tayyorlash va qurishdagi materiallar, energiya, mehnat sarfi, qurilish narxi va muddatlariga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi; konstruksiyaning me’moriy ko‘rkamligi ham e’tiborga olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng maqbul yechim tanlab olinadi. Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Tejamlilik – materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Yüklə 23,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin