98
8-BOB. QURILISH INDUSTRIYASIDA KADRLAR SALOHIYATI VA
MEHNAT UNUMDORLIGI
8.1.Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati
8.2. Kadrlar siyosati va uning qurilish taraqqiyotidagi roli
8.3. Mehnat va unga haq to‘lash
8.4. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari. Mehnat unumdorligi o‘zgarishining
omillari va shart sharoitlari
8.1. Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati
Mehnat resurslari - bu
aholining jismonan rivojlangan, aqliy qobiliyat va
bilimlarga ega, mehnatga layoqatli qismidir. Odatda ularni aholining iqtisodiy faol
qismi deb ataladi.
Mehnatga layoqatli aholining katta qismi (moddiy ishlab chiqarish sohasida
band bo‘lganlarning taxminan 8-10 foizi) bugungi kunda qurilish sohasida
ishlamoqda. Aynan ular qurilishning asosiy fondlarini ham, aylanma fondlarini ham
harakatga
keltiradilar, xalq xo‘jaligi va aholi uchun kerakli ob’yektlarni vujudga
keltiradilar.
Bozor va bozor munosabatlari sharoitlari mehnat resurslarini mahorat bilan
boshqarish
va avvalo, kadrlarni makroiqtisodiy miqyosda ham, uning birlamchi
bo‘g‘inlari - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik sub’yektlar miqyosida ham
kadrlarni to‘g‘ri tanlab, to‘g‘ri joylashtirish ham muhim ahamiyatga egadir. Bugungi
kundagi kadrlar ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini yaxshi tushunish bilan
birga, iqtisodiyot va iqtisodiy rivojlanish qonunlarini, biznes-strategiyalarni, ilmiy
menejment
asoslarini, xo‘jalik yuritishning huquqiy masalalarini bilishlari, ishlab
chiqarishda yuzaga keladigan vazifalarni tezkor yecha olishlari kerak.
Islohotlardan avvalgi davrda kadrlar bilan
ishlashning tahlili unda
quyidagicha salbiy jihatlar bo‘lganligini ko‘rsatmoqda:
- kasbga yo‘naltirishning, kadrlarni ya’ni ishchilarni va rahbarlarni
(menejerlarni) tanlash va joylashtirishning rasmiyligi;
99
- ayrim ishlovchilarning shaxsiy sifatlariga, ularning mehnat natijalariga
ortiqcha baho berish yoki yetarli baholamaslik;
- ishlovchining o‘z ish lavozimiga mos emasligi yoki ishga qabul qilishdagi
protektsionizm;
- mehnat natijalari uchun javobgarlikning susayishi;
- o‘z-o‘zini tanqid va o‘z-o‘zidan norozilikni bilmaslik;
- mehnatga haq to‘lashda
tenglashtirish, mahorat va tashabbuskorlikka,
mustaqillikka yetarli e’tibor bermaslik.
Bugungi kunda qurilishdagi kadrlar siyosati boshqa tarmoqlardagi bilan
deyarli bir xil bo‘lib, avvalo bozor talablari va bozor munosabatlariga, qarorlar qabul
qilishda mustaqillikka asoslangandir. Bunda asosiy e’tibor
inson omilining
kuchaytirilishiga qaratiladi, chunki iqtisodiy taraqqiyotning taqdirini zavod va
fabrikalar, mashinalar, asbob-uskunalar yoki ishlab chiqarish zahiralari emas, balki
avvalo insonlar, ishchilar hal qiladi. Korxona yoki tashkilotning faoliyatini samarali
yoki samarasiz qiluvchilar ham aynan ishchilar, mehnat jamoasidir.
Shu munosabat bilan inson omilining qurilishning samaradorligini oshirishga
ta’sir ko‘rsatishidagi asosiy jihat quyidagilardan tashkil topgan:
• kadrlarni tanlash va ilgari surish;
• kadrlarni tayyorlash va ularni uzluksiz o‘qitish;
• kadrlar tarkibining barqarorligi va ixchamligi;
• ishchilar mehnatini moddiy va ma’naviy baholashni takomillashtirish.
Bu vazifalarni hal qilishda qurilish tashkilotlari (firmalari) boshqa korxonalar
kabi keng faoliyat miqyosiga egadirlar. Ammo bu yerdagi umumiy qoida shundayki,
ishlab chiqarishga ma’lumoti va kasbiy mahorati bilan
ajralib turadigan kishilar
kerak. Bugungi kunda, talab va taklif ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi turgan,
endi shakllanib kelayotgan mehnat bozorida aynan ana shunday kishilarga bo‘lgan
talab kuchlidir.
Qurilishda mehnat resurslarini boshqarish tizimi hozirgi kunda o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan uch blokni o‘z ichiga oladi:
1) korxonaning mehnat resurslarini shakllantirish;
100
2) korxonaning mehnat resurslarini rivojlantirish;
3) hayotning mehnat davrining sifatini oshirish.
Dostları ilə paylaş: