Mustahkamlik. Qotgan qorishmaning mustahkamligi mineral bog‘lovchining aktivligiga, suv-sement nisbatiga, qotish muddati va sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishmaning siqilishdagi mustahkamligi (markasi) o‘lchamlari 7,07x7,07x7,07sm bo‘lgan kublar yoki 4x4x16sm to‘sinchalarni standart usulda 28 sut. normal sharoitda saqlangandan keyin sinab aniqlanadi.
Sementli qorishmaning mustahkamligini sementning aktivligi va sement-suv nisbatiga bog‘liqligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: R280,4Rs(SS-0,3)
Ushbu formula yordamida mustahkamlikni aniqlash g‘ovak buyumlar ustiga yoyiladigan sementli qorishmalarga ta’luqli bo‘ladi.
G‘isht, beton va boshqa g‘ovak materiallarga yoyiladigan sementli qorishmalar mustahkamligi sement-suv nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, balki faqat sementning sarfiga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R28kRs(S-0,05)4
Keltirilgan formula sement-ohakli qorishmalarga tegishlidir: Ssement sarfi, tm3 qumga nisbatan; k koeffitsienti qumning sifatiga bog‘liq: yirik qum uchun-2,2, o‘rtacha yiriklikdagi qum uchun-1,8 va mayda qum uchun-1,4.
Sementli aralash qorishmalarning mustahkamligi qorishma tarkibiga kiritiladigan ohak yoki giltuproqning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Aralash qorishmalar mustahkamligi va plastifikatsiyalovchi
qo‘shimchalar (ohak, giltuproq) miqdori o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlik 8.2rasmda keltirilgan. Keltirilgan grafiklarga binoan qorishmalar tarkibida mayda to‘ldirgichni ko‘paytirish mustahkamlikning pasayishiga olib keladi.
Qurilish qorishmalari 28 sutkadagi siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 va 300.
Normal sharoitda sementli qorishmalar mustahkamligi beton kabi uzoq muddat davomida oshib borishi mumkin.
Sementli qorishmalar mustahkamligi 7 sut 40-50%, 14sut 60-70%, 28 sut 100%, 90 sut 130% markadagi mustahkamlikka nisbatan oshib borishi mumkin.
Binolarning tashqi devorlariga g‘isht, tosh terishda sement-ohakli va sement-giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. Bino karnizlari, stolbalari, deraza va eshik ustidagi g‘isht va toshlar terishda 100 markadagi qorishma ishlatiladi.
Vibrog‘isht panellari tayyorlashda 75, 100, 150 markadagi sementli va shlakli sement asosidagi qorishmalar qo‘llaniladi.
Ohak (giltuproq) xamiri qo‘shimchasi, 1 hq sementga mos hajmiy qismlarda