Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 5,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/121
tarix25.12.2023
ölçüsü5,05 Kb.
#195343
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari (2)

va ularning taqsimoti 
 
Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq 
umumishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan harajatlar hisobini 2500 
«Umumishlab chiqarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida alohida 
olib borishlari mumkin. Ushbu schyotlar tizimida ochiladigan maxsus schyotlarda, 
chunonchi, quyidagi harajatlar aks ettiriladi: 
a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya 
qilish harajatlari; 
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari
b) ishlab chiqariga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari; 
v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash harajatlari; 
g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash harajatlari; 
d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish 
harajatlari; 
e) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish 
xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar
j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.


 Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» 
schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning kreditida nomlari 
yuqorida zikr etilgan harajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy 
oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan harajatlar qurilish tashkiloti hisob 
siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va 
yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) harajatlariga olib boriladi. Umumishlab 
chiqarish harajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2-
mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa 
tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish harajatlarining qolgan moddalari ham mos 
ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi 
umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-
orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi. 

Yüklə 5,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin