hamda sotishga doir pul oqimlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida
(060-100 satrlar) ko‘rsatiladi.
3.Moliyaviy faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda olingan va to‘langan foizlar,
olingan va to‘langan dividendlar, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni
sotishdan olingan tushumlar, xususiy aksiyalarni sotib olishga sarflangan pul
mablag‘lari, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va
to‘lovlari, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va
to‘lovlari, moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari mos ravishda
kirim va chiqim ustunchalarida (110-180 satrlar) ko‘rsatiladi. Chet el valyutasidagi
moliyaviy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va chiqimi ma’lumotnomaning
263, 272- ustunchalarida ko‘rsatiladi.
Hisobotda daromad (foyda) va boshqa soliq to‘lovlari alohida bo‘limda (190-
210 satrlar) ko‘rsatiladi.
Har bir bo‘limdan keyin hisobotning alohida satrlarida faoliyat turi bo‘yicha
sof pul kirimi/chiqimi ko‘rsatiladi. Bu qurilish tashkilotida har bir faoliyat bo‘yicha
hisobot davrida ko‘proq kirimga yoki chiqimga erishganlikni aniqlashga imkon
beradi.
Hisobotning alohida satrida (220-satr) qurilish tashkilotining moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatining jami sof pul kirim/chiqimi barcha faoliyat turlari bo‘yicha
birgalikda ko‘rsatiladi. Buning uchun barcha faoliyat turlari bo‘yicha pul
tushumlari va to‘lovlarining guruhlangan summalari (050,100, 180, 210-satrlar)
ning farqi ( +,- ) mos ravishda kirim yoki chiqim ustunida aks ettiriladi.
Hisobotning oxirgi ikkita satrida (230 va 240-satrlar) mos ravishda hisobot
davrning boshi va oxirida mavjud pul mablag‘larining qoldiq summalari
ko‘rsatiladi. Bunda 240-satrda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining oxirgi qoldig‘i
230-satrda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining bosh qoldig‘i va 220-satrda
ko‘rsatilgan hisobot davridagi pul mablag‘larining sof kirim/chiqim summalari
yig‘indisi yoki ayirmasiga teng bo‘lishi lozim.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot pul mablag‘lari hisobi uchun mo‘ljallangan
schyotlar (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) ma’lumotlari asosida tuziladi.
Dostları ilə paylaş: