To‘g‘ri va egri soliqlar Umumdavlat soliqlari Ixchamlashtirilgan soliq rejimi Sotishdan olingan va kamaytiriladigan QQS Byudjetga to‘lanadigan QQS hisob-kitobi va hisobi Daromad (foyda) solig‘i Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan harajatlar Beg‘araz olingan mulk Grant va davlat subsidiyalari Olingan dividendlar va foizlar Soliq imtiyozi Daromad (foyda) solig‘i hisobi Maqsadli fondlarga ajratmalar, yig‘imlar va ushlanmalar O‘Z O‘ZINI NAZORAT QILISH UCHUN TEST SAVOL – JAVOBLARI Xo‘jalik situatsiyasi Qurilish tashkilotining hisobot davrida bajargan ish hajmi 600 mln. so‘m (QQS bilan). Ta’minotchilarga to‘langan QQS summasi 60 mln. so‘m. Sotish tannarxi – 400 mln. so‘m, davr harajatlari – 70 mln. so‘m, shundan soliq bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar -10 mln. so‘m, olingan dividendlar (dividend solig‘i ushlangan) – 1 mln. so‘m, to‘langan foizlar 2 mln. so‘m, favqulotdagi zararlar 4 mln. so‘m, beg‘araz olingan mulk - 5 mln.so‘m. Daromad (foyda) solig‘i stavkasi – 10%. Ushbu xo‘jalik situatsiyasida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi
savollarga to‘g‘ri javoblarni toping.
1.Bajarilgan ishga to‘g‘ri keladigan QQS summasi teng: a) 120 mln. so‘m;
b) 100 mln. so‘m;
v) 80 mln. so‘m;
g) 83,3 mln. so‘m.
2. Byudjetga to‘lanadigan QQS summasi teng: a) 40 mln. so‘m;
b) 60 mln. so‘m;
v) 20 mln. so‘m;
g) 20,3 mln. so‘m.
3. Sotishdan olingan QQS summasi aks ettiriladi: a) Debet 9030 Kredit 6410 100 mln. so‘mga;
b) Debet 4010 Kredit 6410 100 mln. so‘mga;
v) Debet 4010 Kredit 6410 120 mln. so‘mga;
g) Debet 9030 Kredit 6410 120 mln. so‘mga.