Topshiriq №3: Quyidagi masalalarni Python tilida dasturini tuzing(for while list):
Masala №6. к va n butun sonlari berilgan (n > 0). к sonini n
marta chiqaruvchi programma
tuzilsin.
Masala №7. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a va b sonlari orasidagi barcha butun sonlarni
(a va b ni ham) chiqaruvchi va chiqarilgan sonlar sonini chiqaruvchi programma tuzilsin. (a va
b xam chiqarilsin).
Masala №8. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a va b sonlari orasidagi barcha butun sonlarni
(a va b dan tashqari) kamayish tartibida chiqaruvchi va chiqarilgan sonlar sonini chiqaruvchi
dastur tuzilsin.
Masala №9. Bir kg konfetning narxi berilgan (haqiqiy son). 1, 2, ..., 10 kg konfetni narxini
chiqaruvchi programma tuzilsin.
Masala №10. Bir kg konfetning narxi berilgan (haqiqiy son). 0.1, 0.2, ..., 0.9, 1 kg konfetni
narxini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Masala №11. Bir kg konfetning narxi berilgan (haqiqiy son). 1.2, 1.4, ..., 2 kg konfetni narxini
chiqaruvchi programma tuzilsin.
Masala №12. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a dan b gacha bo’lgan barcha butun sonlar
yig’indisini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Masala №14. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a dan b gacha bo’lgan barcha butun sonlar
ko’paytmasini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Masala №15. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a dan b gacha bo’lgan barcha butun sonlar
kvadratlarining yig’indisini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Masala №16. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi programma
tuzilsin. S = 1 + 1 / 2 + 1/3 + ... + 1 / n
Masala №17. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). a ning n - darajasini aniqlovchi
programma tuzilsin. a
n
=a*a*a...a;
Masala №18. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Sikldan foydalanib a ning 1 dan n
gacha bo’lgan barcha darajalarini chiqaruvchi programma tuzilsin.
Masala №19. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalanib quyidagi a
ning 1 dan n gacha bo’lgan barcha darajalarini chiqaruvchi va yig'indini hisoblovchi
programma tuzilsin. 1 + a + a
2
+ a
3
+... a
n
Masala №20. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalanib quyidagi a
ning 1 dan n gacha bo’lgan barcha darajalarini chiqaruvchi va yig’indini hisoblovchi
programma tuzilsin. 1 -a + a
2
-a
3
+ ... (-1)
n
a
n
Shart operatoridan foydalanilmasin.
Masala №21. n butun soni berilgan (n > 0). Birdan n gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasini
chiqaruvchi programma tuzilsin. n! = 1 * 2 *... n Birdan n gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasi n
faktorial deyiladi.
Masala №22. n butun soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalangan holda quyidagi yig’indini
hisoblovchi programma tuzilsin. 1! +2! + 3! +... +n!
Masala №23. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi programma
tuzilsin. S = n
2
+(n+1)
2
+(n+2)
2
+ ... +(2*n)
2
Masala-1.
1. friends nomli bo'sh ro’yxat tuzing va unga .append() yordamida 5-6 ta mehmonga
chaqirmoqchi bo'lgan do'stlaringizni kiriting.
2. ro'yxatning oxiriga, boshiga va o'rtasiga yangi ismlar qo'shing.
3. yangi mehmonlar deb nomlangan bo'sh ro'yxat yarating. .pop() va .append()
metodlari
yordamida mehmonga kelgan do'stlaringizning ismini friends ro’yxatidan sug'urib olib,
mehmonlar ro'yxatiga qo'shing.
Masala-2.
1. O'zingizga ma'lum rivojlangan davlatlarning ro'yxatini tuzing va ro'yxatni konsolga
chiqaring
2. Ro'yxatning uzunligini konsolga chiqaring
3. sorted() funksiyasi yordamida ro'yxatni tartiblangan holda konsolga chiqaring
4. sort() metodi yordamida ro'yxatni avval alifbo bo'yicha, keyin esa alifboga teskari tartibda
konsolga chiqaring.
Masala №3
1. dasturlar degan ro'yxat yarating va ichiga istalgan 5ta
dastur nomini kiriting
2. dasturlash degan yangi ro'yxatga dasturlar dan nusxa oling
3. Yangi ro'yxatda faqat dasturlash tillariga
oid dasturlarni qoldiring, va qo'shimcha 2 ta
dastur qo'shing.
4. Ikkala ro'yxatni ham (dasturlar va dasturlash) konsolga chiqaring
Masala №4
mahsulotlar degan ro'yxat yarating va kamida 10 ta turli mahsulotni kiriting.
Yangi, savat degan bo'sh ro'yxat yarating va foydalanuvchidan savatga kamida 5 ta
mahsulot kiritishni so'rang.
Savatdagi elementlarni, mahsulotlar ro'yxati bilan solishtiring va
qaysi biri ro'yxatda bo'lsa "Mahsulot do'konimizda bor" aks holda, "Mahsulot do'konimizda yo'q"
degan xabarlarni chiqaring.
Masala №5
Foydalanuvchidan biror butun son kiritishni so'rang. Foydalanuvchi kiritgan sonni 2 dan 10 gacha
bo'lgan sonlardan qaysi biriga qoldiqsiz bo'linishini konsolga chiqaring.