Windows ni chaqirish
Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim
bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq
dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS
ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).
WINDOWS ning bu ekrani Ish stoli
deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar,
asboblar
,
yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan
ma'lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan
o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish
uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.
Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi
uchun
piktogrammalar
(yorliqlar)
deb
ataluvchi
mos
rasmchalar
qo`yiladi.
Ularni
ko`pincha
ikonalar
(timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash)
imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar
tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi
ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
– papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
– hujjat va dastur fayllari;
– qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |