Qurilishda loyihalashtirishning iqtisodiy asoslari, hamda quvvatlarni ishga tushirish rejasi haqida tushuncha”


Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari



Yüklə 89,23 Kb.
səhifə5/6
tarix20.10.2023
ölçüsü89,23 Kb.
#158195
1   2   3   4   5   6
Qurilishda loyihalashtirishning iqtisodiy asoslari, hamda quvvat-hozir.org

Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari.
Loyihalanayotgan ob’ektning iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan ekspluatatsiya shart-sharoiti, chiqarilayotgan mahsulot tannarxi hamda loyiha yechimlari qanchalik to‘g‘ri qabul qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hajmiy - rejaviy yechimlar, konstruktiv yechimlarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiya asosida olingan materiallar va konstruksiyalarni qo‘llash va boshqalar.
Hajmiy - rejaviy yechimlarni takomillashtirish. Hududda qurilish ob’ektlari zichligi (tig‘isligi)ning oshishi loyihaviy yechim iqtisodiy samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilishning past koeffitsientida injenerlik kommunikatsiyalarni tortib kelish masofasi, yo‘llarning uzunligi o‘sib boradi, ko‘kalamzorlashtirishga, zavod ichidagi transport va injenerlik kommunikatsiyalari tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga sarflanadigan mablag‘lar oshadi.
Ob’ektlarni hudud bo‘yicha kompaktli joylashtirishga binolar orasidagi masofalarni qisqartish orqali erisxiladi. Sanoat korxonalari binolarining hududga o‘zaro birgalikda joylashtirilishi zavod ichida qo‘llanadigan transport turiga bog‘liq bo‘ladi, ayniqsa temir yo‘l transportidan foydalanilganda binolar orasidagi masofa katta bo‘ladi. Bundan temir yo‘l transportidan faqat yoqilg‘i, xom – ashyo, qurilish materiallarini tashish (kiritish) va tayyor mahsulotni olib ketish uchun foydalanish zaruriyati kelib chiqadi.
Binolarni yiriklashtirish va bloklashtirish solishtirma kapital mablag‘larni keskin (sezilarli darajada) qisqartirish va hududda qurilish ob’ektlari zichligini (tig‘is joylashuvini) oshirish imkonini beradi. Binolarni yiriklashtirish jarayoni qurilishning hamma turlari uchun xarakterlidir. Yirik shaharlarda quriladigan turar – joy binolari ko‘p qavatli bo‘lib, katta uzunlikka (200 – 500 kvartiraga) ega bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida 100-180 ming chorva mollariga mo‘ljallangan majmualar, yirik parrandacxilik fabrikalari va sut beruvchi qoramol fermalari quriladi.
Sanoatda binolarni sexlar va yordamchi – xo‘jalik xizmat bloklariga bloklashtirish olib boriladi. Alohida sexlar o‘nlab gektar maydonni egallashi mumkin.
Yiriklashtirish jarayonini mikrorayonlar va qishloq aholi punktlari uchun ham qo‘llash tavsiya etiladi.
Yarim o‘tuvchan va o‘tuvchan kanallar ichiga kommunikatsiyalarni birgalikda (qo‘shma tarzda) yotqizish orqali injenerlik kommunikatsiyalari tarmoqlari uzunligini qisqartirishga hamda ekspluatatsiya jarayonida sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishga erishish mumkin.
Loyihalashtirishning ilg‘or yo‘nalishi – bu texnologik jarayon nuqtai-nazaridan o‘zaro bog‘langan (hamda bog‘lanmagan) bir nechta korxonalarni bir guruhga birlashtirishdir. Bunda sanoat tuguni haqida so‘z yuritilyapti. Sanoat tuguniga tegishli bo‘lgan korxona turli vazirliklarga bo‘ysunishi mumkin. Korxonalarni ta’mirlash, asbob – uskuna va quyish sexlari, suv – kanalizatsiya, transport va energetika xo‘jaliklari, tibbiy va bolalar maussasalari hamda bashqalarni o‘z ichiga olgan yagona xizmat ko‘rsatish bazasida binolar bevosita bir– biriga yaqin joylashtiriladi. Sanoat tugunlarini qurish alohida korxonalarni qurishga qaraganda qurilish maydonini ancha qisqartirish imkonini beradi va ekspluatatsiya xarajatlarini 20 foizga kamaytiradi.
Bunday sanoat tuguniga neftkimyo va mashinasozlik korxonalaridan tashkil topgan Saratov sanoat tugunini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu sanoat tuguni tarkibiga “Nitron” birlashmasi, rezina texnika buyumlari zavodi, sanitar – texnik jihozlar ishlab chiqaruvchi zavod, dizel zavodi, qator kengaytirilayotgan va mavjud bo‘lgan zavodlar bilan bir birgalikda Issiqlik elektr stansiyasi ham kiradi. Qabul qilingan yechimlar sanoat tuguni hududini 14 gektarga qisqartirish, injenerlik kommunikatsiyalari uzunligini 93 km ga kamaytirish, bino va inshootlar sonini 16 taga, xodimlar sonini esa 344 taga qisqartirish imkonini berdi.
Sanoat tugunlari bosh rejasi tipli sxemasidan foydalanish orqali yanada kattaroq iqtisodiy samaraga erishish mumkin.
Sanoat qurilishida binolar hajmini qisqartirish maqsadida ko‘prikli kranlar o‘rniga er usti transporti qo‘llaniladi, texnologik jihozlar ochiq holatda joylashtiriladi, madaniy - maishiy xizmat ko‘rsatish joylarining antresollar va fermalar (qurilish konstruksiyasi) orasidagi fazoviy kengliklarga joylashtirilishi loyihalash jarayonida ko‘zda tutilishi taqoza etiladi.
Sex ichidagi transport sifatida ko‘prikli kranlarning sex ichiga joylashtirilishi yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni og‘irlashtiradi, bino balandligi va hajmini asossiz ravishda oshiradi.
Massasi 5 tonnadan oshmaydigan yuklar bilan ishlaydigan ishlab chiqarishda (sexlarda) polda yuradigan va osma transport (elektrokaralar, avtoyuklagichlar, konveyerlar, kran - balkalar) dan foydalanish ancha maqsadga muvofiqdir.
Umuman olganda ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish sexlarida texnologik jihozlarni binolar tashqarisiga emas, balki ichkariga ochiq holatda joylashtirish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘ladi yoki ularni joydagi usti yopiq joylarga joylashtirish talab etiladi.
Texnologik o‘rnatmalarni kimyo va metallargiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati hamda shu kabilarda yopiq va yarim yopiq holatda joylashtirish mumkin. Hozirgi vaqtda tashqarida joylashgan maydonlarga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik izolyasiyasiga ega bo‘lgan yangi germetik jihozlarning namunalari ishlab chiqarilmoqda. Texnologik jihozlarni ochiq maydonlarga joylashtirishda qurilishga sarflanadigan mablag‘lar 4 – 6% ga qisqaradi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarini antresollarga, fermalar orasidagi va sexlardadgi bo‘sh joylarga joylashtirish orqali kattaroq miqdordagi mablag‘larni iqtisod qilishga erishish mumkin. Ayniqsa ko‘prikli kranlarga ega bo‘lmagan sexlar uchun bunday yechimni qabul qilish ancha maqsadga muvofiq bo‘ladi (qurilish sarfi qisqaradi, ishcxilarga xizmat ko‘rsatish yaxsxilanadi, chunki dam olish joylari hamda oshxona ish joylariga yaqin joylashadi). Madaniy–maishiy va ma’muriy xonalarni fermalar orasidagi bo‘sh joylarga (ochiq fazoviy kenlikka) joylashtirish tepa qismida fonari bo‘lmagan ko‘p oraliqli sanoat binolarini qurishda ancha engil ecxiladi. Binoning tepa qismiga fonarlar qurish qurilish umumiy tannarxining 7% ini tashkil etadi. Fonarlar har doim ham aeratsiya va tabiiy yorug‘likni ta’minlayvermaydi. Tomi yassi bo‘lgan va devorlarida yorug‘lik o‘tkazuvchi oraliqlar (derazalar)ga ega bo‘lmagan fonarsiz ko‘p oraliqli binolar keng tarqalmoqda. Ularda havo almashinuvi sun’iy ventilyasiya, yoritish esa kunduzi yoritadigan chiroqlar yordamida ta’minlanadi. Bunday binolar nisbatan ancha past tannarxga ega bo‘ladi, ularni qurish uchun esa ancha kam tipli va markali konstruksiyalar talab qilinadi. Qurilish ishlari va binoni ekspluatatsiya qilish sezilarli ravishda soddalashadi. Mehnat unumdorligi oshadi, chunki bunday vaziyatda ish joylari sutka davomida har doim bir maromda yoritilib turiladi, havoning muntazam ravishda almashinib turishi mehnat sharoitini yaxsxilaydi.
Kolonnalar yirik gabaritli to‘rlarining qo‘llanilishi texnologik jihozlarni ratsional joylashtirish va ishlab chiqarish maydonini 10% ga iqtisod qilish imkonini beradi. Bunday binolarni qurish mayda to‘rli binolarni qurishga qaraganda 3-4% ga qimmat bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda ularni qurishga sarflanadigan solishtirma sarf-xarajatlar 6-7% kam bo‘ladi. Bunday binolarda texnologik jarayonlarni qayta tashkil etish ancha engil amalga oshiriladi, chunki jihozlarni qayta o‘rnatish va transport oqimini o‘zgartirish uchun katta imkoniyat (keng maydon) mavjud bo‘ladi.
Konstruksiyalarni yiriklashtirish va fazoviy konstruksiyalarga o‘tish orqali konstruktiv yechimlarni takomillashtirishga erishish mumkin. Temirbeton zavodlarida qoliplash metodini qo‘llash orqali maqbul hajmdagi konstruksiyalar tayyorlanadi. Zavodda tayyorlangan yassi elementlardan yig‘ma–quyma konstruksiyalar yaratiladi. Bunday konstruksiyalarga hajmli sanitar – texnik kabinalar, lift shaxtalari, tonnellarning shaxtalari, kvartira bloklari, sanoat binolari yopilmasi metall bloklarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Qurilishda katta o‘lchamli oraliq va tom yopish plitalari hamda devor panellarini qo‘llash keng tarqalmoqda.
Loyihacxilar bir nechta operatsiyalarni avtomatlashtirish bilan mexanizatsiyalashgan usulda yangi konstruksiyalarni tayyorlash ustida ish olib borishmoqda. Temirbeton konstruksiyalarda montaj uchun mo‘ljallangan ilgaklarni boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo‘yilgan. Bu esa yiliga 0,3 mln. tonna po‘latni iqtisod qilish imkonini beradi.
Loyiha yechimlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlaridan biri bu to‘liq yig‘ish asosida qurilishni rivojlantirishdan iboratdir.
Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga tipli loyihalarni keng qo‘llash, unifikatsiyalangan konstruksiyalar va gabaritli sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish – montaj ishlarining 80 % dan ortiqrog‘i ob’ektlarda tipli proektlar bo‘yicha bajariladi. Ayniqsa tipli loyihalar turar – joy binolarini tiklashda va qishloq qurilishida keng qo‘llaniladi (95% ortiqrog‘i). Tipli loyihalar qo‘llanishi loyihada ko‘rsatilgan materiallar hajmini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish uchun shart – sharoit yaratadi, loyihalash va ilmiy – tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag‘larni 30–40% pasaytiradi.
Axamiyatli tarzdagi iqtisodiy samaraga qurilish jarayonida erisxiladi. Tipli loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’ektlarning smeta narxi individual loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’ektlarnikiga nisbatan 10-15%ga arzon bo‘ladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, tipli loyihalar ularni loyihalash institutlarida ishlab chiqish jarayonida quruvcxilar va loyiholovcxilar tomonidan keng muhokama qilinadi, ularda qurilish ishlab chiqarishida ratsional texnologiyani ta’minlaydigan tipli va standart detallar hamda konstruksiyalar qo‘llaniladi. Ko‘plab tipli loyihalar tanlovlar orqali qabul qilinadi. Turar-joy ob’ektlarini tipli loyihalashtirish o‘lchamlari bo‘yicha har xil bo‘lgan kvartiralarni yaratish, ularni rejalashtirishni yaxsxilash, umumiy foydalanish maydonlari (dahliz, oshxona va sanitar tugunlarning maydonlari)ni oshirish, sanitar-texnik va oshxona jihozlarini takomillashtirish, kvartiralar, binoning kirish joylari zinapoya kletkalari va liftlarni yaxshi pardozlashga yo‘naltirilgan.
Ilg‘or texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan materiallar va konstruksiyalar. Agar qurilish maydoniga korxonalar (zavodlar)da masimal darajada puxtalik bilan tayyorlanib keltirilgan yig‘ma konstruksiyalar va detallardan ob’ektlar tiklansa iqtisodiy samaradorlik ahamiyatli tarzda oshadi. Detallarning qoniqarsiz sifatda tayyorlanishi esa qurilish-montaj ishlarini bajarishda qo‘shimcha mehnat sarfini yuzaga keltiradi va bu esa ishlarning tannarxini oshirishga olib keladi.
Pol va tom bo‘yicha ishlar bajarish jarayonida mehnat sig‘imini qisqartirish va ularning sifatini oshirish uchun keyingi yillarda tom va oraliq tom yopmalarining kompleksli plitalari ishlab chiqarilmoqda.
Konstruksiya va detallarning zavodda tayyorlanish darajasini oshirish qurilishda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini 4-6%ga qisqartirish imkonini beradi.
Yig‘ma beton va temirbeton konstruksiyalarni qo‘llash bilan ishlab chiqarish va metall hamda yog‘ochdan tayyorlangan konstruksiyalar hajmi ortadi.
Metall konstruksiyalar qo‘llanilishi sanoatning shunday tarmoqlarida keng tarqalganki, bu tarmoqlarda texnologik jarayonning o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq ravishda temirbeton konstruksiyalarni qullashga yo‘l quyilmaslik talab etiladi, bunday tarmoqlarga katta dinamik yuklanganlikka ega bo‘lgan metallurgiya korxonalirini misol tariqasida keltirish mumkin. SHuningdek, metall konstruksiyalardan katta oraliqli binolarni qurishda ham keng ko‘lamda foydalaniladi, bunday binolarda temirbeton konstruksiyalarni qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas (aviatsiya sanoatidagi yig‘ish sexlari, oraliqli ko‘priklarni qurishda va h.k.). Metall konstruksiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga ularni ishlab chiqarish jarayonida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan po‘latlardan, egilgan profillardan, keng taxtali prokatdan, elektrpayvandlanadigan quvurlardan foydalanish bilan erisxiladi.
Samarador engil metall konstruksiyalarni keng tadbiq etish qurilish ob’ektlarini qurish uchun moddiy ta’minot tuzilmasini takomillashtirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ishlab chiqarilgan konstruksiyalarning tadbiq etilishi qurilishda bino va inshootlarni to‘liq zavodda tayyorlangan elementlardan kompleks - mexanizatsiyalashgan holda yig‘ish jarayonini tashkil etish imkonini berdi.
Bunday kontruksiyalardan qurilgan binolarda montaj qilish ishlarining mehnat sig‘imi 20-25%ga qisqaradi, devorlar va tom yopmalari massasi esa 5-7 marta kamayadi.
Bino massasining kamayishiga asosan temirbeton plitalar o‘rniga antikorroziya qoplamasiga ega bo‘lgan po‘latdan tayyorlangan profilli yopilmalarni qo‘llash orqali erisxiladi. Alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalarni derazalar tabaqalari, vitrajlar, devorbop osma panellar, agressiv muhitli binolarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, qurilish uchun suyuqliklarni saqlashga mo‘ljallangan sig‘imli idishlar yasash va shu kabilar uchun qo‘llash ancha maqsadga muvofiqdir. Transport magistrallaridan olisda joylashgan qurilish ob’ektlarini tiklashda ularning qo‘llanilishi ayniqsa katta samara beradi.
Qurilishda alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalar qo‘llanishi fuqaro va sanoat qurilishi ob’ektlari sifatini yaxsxilashda keng istiqbolga egadir va fasadlar umrboqiyligi hamda ularning estetik sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Asbotsement buyumlar ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yillikdan buyon qo‘llanilib kelinmoqda. Asbotsement detallar engil, suv o‘tkazmaydigan, olovbardosh va uzoq muddatga jidaydigan bo‘lib, ulardan buyumlar tayyorlash uchun katta mehnat sarfi va ko‘p mablag‘ talab qilinmaydi. Asbotsementdan tayyorlangan tashqi devor panellari temirbetondan tayyorlangan xuddi shunday konstruksiyalardan 5 marta engildir.
Asbotsement sanoatining asosiy vazifasi – yirik o‘lchamli (uzunligi 3 metr va undan yuqori bo‘lgan) zichlangan yassi va to‘lqinsimon tom yopmalari (shifer) ishlab chiqarish hajmini ancha oshirish, asbotsement panellar va plitalar hamda rangli asbotsement tom yopmalari ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir.
Asbotsement konstruksiyalar qishloq qurilishida ham keng qo‘llanilmoqda.
Yog‘och konstruksiyalar mamlakatning o‘rmonli hududlarida, yuklarni tashishda uzoq qishloqlarda qurilish ob’ektlarini tiklashda, kimyoviy agressiv muhitga ega bo‘lgan sanoat binolarini barpo etishda, ko‘prikli o‘tish joylar, tomosha va ko‘rgazma zallar, sport inshootlari, yopiq bozorlar va pavilonlarni qurishda keng ko‘lamda qo‘llanadi.
Fan va texnologiya taraqqiyoti zamonaviy darajasi yog‘och konstruksiyalarning yuqori konstruktiv sifati, ularning massasini kamaytirish, kimyoviy bardoshligini oshirish, umrboqiyligi (uzoq muddutga chidamliligi) va olov bardoshligini ta’minlash imkonini beradi.
Elimlab tayyorlanadigan yog‘och konstruksiyalardan foydalanish yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Qishloq ishlab chiqarish qurilishida bu konstruksiyalar arkali, balkali va ramali konstruksiyalar, to‘suvchi konstruksiyalarni o‘rnatish uchun foydalaniladigan yig‘ma panellar sifatida qo‘llaniladi. Sanoat qurilishida oralig‘i 12 – 18 metr bo‘lgan elimlab tayyorlanadigan va faneralarni elimlash orqali yasaladigan to‘sinlar, 25 – 30 metr oraliqli arkalar va faneralarni elimlash orqali tayyorlanadigan panellar binolarning to‘suvchi konstruksiyalari uchun samarali qo‘llaniladi. Jamoat binolari va sport – tomosha inshootlarini yopishda katta oraliqli arkali konstruksiyalardan foydalanish yuqori samarador va keng istiqbolga egadir. YOg‘ochdan ishlanadigan tom yopmalar temirbeton tom yopmalaridan 5 marta engildir. YOg‘och tom yopmalari narxi temirbeton tom yopmalari narxidan 30-40%ga arzon bo‘ladi.
Pardozlash materiallari. Keyingi yillarda pardozlash ishlarini industdirlash sohasida shaxdam qadamlar qo‘yildi – sintetik materiallar asosidagi o‘ramli va plitka materiallar keng qo‘llanilmoqda, yog‘och qipiqlaridan tayyorlangan va yog‘och tolali plitalar ham keng tadbiq qilina boshlandi.
Plitalar va o‘ramli materiallarning qurilishga tadbiq etilishi pardozlash ishlari sifatini yaxsxiladi va pardozlash ishlari xarakterini tubdan o‘zgartirdi. Pollarni qoplash, devorlarni pardozlash, pardevorlar uchun bu materiallardan foydalanish binolarni montaj qilish metodlari va montajdan keyingi hamda pardozlash ishlari oarasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etdi.
O‘sib borayotgan hajmga ega bo‘lgan yig‘ma konstruksiyalarni chiqarish ko‘plab qurilayotgan ob’ektlarda yig‘ma qurilishga o‘tish, mashinalar yordamida bino va inshootlarni tayyor konstruksiyalardan tiklash imkonini berdi. Qurilish maydonlari asta-sekinlik bilan konveyerli qurilish maydoniga aylanmoqda, ularda zavodlarda yuqori darajada tayyorlangan yirik o‘lchamli tugunlar va detallarning montaj qilinishi orqali binolar va inshootlar tiklanadi. Texnologikligi bo‘yicha qurilish yanada katta mavqeda yirik sanoat korxonalari bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘lmoqda.
IV BOB. QUVVATLARNI ISHGA TUSHIRISH REJASINI HAQIDA TUSHUNCHA.

4.1. Qurilishda rejalashtirishning asosiy vazifalari, tamoyillari va xususiyatlari.


Rejalashtirish - bu maqsadlarni shakllantirish, ustivor yo‘nalishlarni hamda ularga erishish vositalari va usullarini aniqlash jarayonidir. U muayyan rejalarda ro‘yobga chiqariladi. Shuning uchun rejalashtirish natijasi, u yoki bu hatti-harakatlarning motivatsiyalangan modeli deb hisoblash qabul qilingan.
Rejalar direktiv va indikativ bo‘ladi. Direktiv rejalarda tasdiqlangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi majburiy bo‘ladi. Indikativ reja esa axborot, yo‘nalish xarakteriga ega bo‘ladi.
Qurilishni rejalashtirish butun xalq xo‘jaligining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash rejimining tarkibiy qismidir. Kapital qurilishni rejalashtirish asosida fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash, qayta ta’mirlash va kengaytirish, uy-joy qurilishini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy vazifalar hal qilinadi. Odatda u amaldagi qonuniy hujjatlar va iqtisodiy boshqaruvning me’yoriy qoidalari asosida, shuningdek, xo‘jalik yuritishning u yoki bu bosqichida qabul qilinadigan hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi sharoitlarda qurilishni rejalashtirishning asosiy vazifalariquyidagilardan iborat:
• tarmoq va butun xalq xo‘jaligi rivojlanishining mutanosibligini, yuqori va barqaror sur’atlarini va shu asosda xalq turmush farovonligining uzluksiz o‘sib borishini ta’minlash;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning ustivor yo‘nalishlarini, rivojlanish tendensiyalarini belgilash, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona rivojlantirish va joylashtirish;
• amaldagi ishlab chiqarish va yangi qurilishning bir butunligiga erishish, foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish zahiralarini maksimal safarbar etish;
• qurilishning sur’atlari va ko‘lamini investitsiya imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda tezlashtirish, tugallanmagan qurilish hajmlarining ortiqcha o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• bir paytda quriladigan ob’ektlar sonini, ayniqsa ahamiyati va zarurati yuqori bo‘lmagan ob’ektlar sonini kamaytirish uchun vosita va harakatlarni safarbar qilish;
• kapital qo‘yilmalarning samaradorligini, mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlash, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan harajat va zararlarni tugatish;
• qurilish ishlab chiqarishini boshqarishning barcha pog‘onalarida kapital qurilish rejasidagi barcha bo‘lim va ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.
Bu va boshqa vazifalarni odatda bir zumda hal qilib bo‘lmaydi yoki ular o‘z-o‘zidan bajarilib qolmaydi. Bunday vazifalar rejalashtirishda xatolar, kamchiliklar, volyuntarizm va boshqa salbiy holatlar yo‘l qo‘yilgan hollarda ham bajarilmay qoladi. SHuning uchun, qurilishni rejalashtirish va rivojlantirish vazifalarini belgilashda rejalarni ishlab chiqishning ilmiy asoslangan usullaridankelib chiqish muhimdir. Bu usullarga quyidagilar kiradi:
1) kompleks yondashuv, bunda qurilishning xalq xo‘jaligining bir tizimi sifatidagi faoliyatining barcha jabhalarini (ilmiy, texnik, tashkiliy, boshqaruv va hokazo) hisobga olinadi;
2) iqtisodiyotni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejalari bilan ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlaridagi rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zviylik;
3) kapital qurilish rejasining resurs imkoniyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi balans usuli;
4) kapital qurilishning sohaviy va hududiy rejalarining o‘zaro bog‘liqligi, bu usul nimani, kim tomonidan, qaerda va qaysi mablag‘lar hisobiga qurishni aniqlashga imkon beradi.
Rejalashtirish - bu qurilishning maqsad va vazifalarini aniqlash bilan bog‘liq uzluksiz jarayongina emas, balki investitsiya jarayoni ishtirokchilarining ma’lum darajada ijodiy, anchagina jiddiy va puxta o‘ylangan mehnatidir. U qurilish ishlab chiqarishi boshqaruvining yuqori pog‘onalarida ham, quyi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari miqyosida ham amalga oshiriladi. Rejalashtirish ishlab chiqarishga qanchalik yaqin bo‘lsa, turli iqtisodiy hisob-kitoblar va asoslashlarning diapazoni ham shu qadar keng bo‘ladi.
Rejalashtirishda, qurilish sohasida qabul qilinadigan qarorlarning realligi, hayotiyligiga erishish juda muhimdir. Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, bunga erishish uchun rejalashtirish ilmiy asoslangan va xo‘jalik amaliyotida sinalgan ma’lum bir tamoyillarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Bugungi kunda qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish tamoyillarigaquyidagilarni kiritish mumkin:
• xo‘jalik sub’ektlarining tashabbuskorligi va mustaqilligiga asoslangan demokratik sentralizm (markazlashuv);
• ishlab chiqilayotgan rejalar va investitsiya maqsadlarining ilmiy asoslanganligi;
• rejalashtirishning uzluksizligi;
• rejalarning muayyan maqsadlarga qaratilganligi va ularda ishlab chiqarishni rivojlantirishning material, moddiy hamda qiymat jihatlarining aks ettirilishi;
• qabul qilingan rejalarni amalga oshirish jarayonida tahlil qilish, baholash va muvofiqlashtirish;
• rejalashtirish jarayonida zamonaviy kompyuter va hisoblash texnikalaridan foydalanish (rejalashtirish jarayonini avtomatlashtirish).
Ma’lumki, qurilish boshqa tarmoqlardan nafaqat o‘z mahsuloti bilan, balki boshqaruv va moliyalashtirish tizimi bilan ham farq qiladi. Ishlarning pudrat asosida olib borilishi qurilishni va uning ishlab chiqarish bo‘g‘inlarini buyurtmachilarning mablag‘lariga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Qurilish ishlab chiqarishining bunday o‘ziga xosligi uni rejalashtirish jarayonida ham, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda ham aks etadi. SHuning uchun qurilishda ishlab chiqarishni rejalashtirish xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga qaraganda bir pog‘ona murakkabroq bo‘lib ko‘proq mehnat talab qiladi. Ammo bu qurilish ishlab chiqarishini boshqarishdagi muhim vosita bo‘lgan rejalashtirishning zaruratini va ahamiyatini kamaytirmaydi. Aksincha, u rejalashtirishni sifat jihatdan yana bir pog‘ona yuqoriga olib chiqadi va investitsiya jarayoni ishtirokchilaridan har bir qarorni avvaldan puxta o‘ylab, asoslab qabul qilishni talab qiladi.
4.2.

Yüklə 89,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin