Korxonada inson resurslarining yagona murakkab tizimini boshqrish yagona murakkab tizimni tashkil qiladi. Ushbu tizim tanlangan va aniq maqsadlarni belgilab, uning xatti-harakatlarini ijtimoiy jihatdan o‘zgartiradi. Bu boshqarishga juda sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, aniq yaxshi tanlangan ta‘sir usullari ishlab chiqarilgan invistitsiyalar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ko‘pgina kompaniyalarda inson resurslarini boshqarish ko‘pgina kompaniyalarning
rivojlanishida asosiy strategiya sifatida qaralmoqda.3 Xodimlarni boshqarish tizimi deganda, korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning me‘yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart- sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan iqtisodiy-tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.Shuni alohida takidlash joizki korxona samaradorligini oshirishda aniq va qulay tarzda ishlab chiqilgan tizimning o‘rni juda kattadir. Tizimlashtirilgan korxonalarda xodimlar bilan ishlashning qulayligi, ya‘ni berilgan topshiriqlarning ustidan nazoratni amalga oshirish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va axborot almashinuv jarayoni oson kechishi bilan ajralib turadi . Tarkiban bu tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi (2-jadval)