Qurilishni boshqarish


-bob. Hujjatlarni ishlab chiqish



Yüklə 189,97 Kb.
səhifə4/5
tarix09.05.2023
ölçüsü189,97 Kb.
#110334
1   2   3   4   5
Karimov i.o mustaqil ish

2-bob. Hujjatlarni ishlab chiqish
7. Texnik topshiriq tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan tegishli vazirlik (idora) bilan birgalikda ishlab chiqiladi. TIA/TIHK ishlab chiqish uchun texnik topshiriqning tarkibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
8. Loyihalarning loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagi shakllarda bajariladi:
a) loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqilganidan so‘ng uning ishchi hujjatlarini tayyorlash;
b) ishchi loyihani ishlab chiqish.
9. Loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqish loyihani amalga oshirishning dastlabki manbalarini va moliyalashtirish shartlari bo‘yicha o‘rganishlarni inobatga olgan holda, Markazda ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlangan texnik topshiriq asosida ishlab chiquvchi tomonidan bajariladi.
10. Loyihani amalga oshirish shartlariga qarab, loyiha oldi va loyiha hujjatlari quyidagi shakllardan birida ishlab chiqiladi (mazkur Nizomning 3-ilovasi):
a) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan o‘tkazgan holda TIA ishlab chiqish;
b) infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan o‘tkazgan holda TIHK ishlab chiqish;
v) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan, namunaviy va takroran qo‘llaniluvchi loyihalardan foydalanilgan holda quriladigan ijtimoiy soha, yo‘l-transport, suv xo‘jaligi, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obyektlari bo‘yicha — ekspertiza faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaga ega tashkilotlarda ekspertizadan o‘tkazgan holda ishchi loyihasini ishlab chiqish.
3-bob. Ekspertiza o‘tkazish
11. Hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi)lar Markazga quyidagi hujjatlarni yagona paketga jamlagan holda taqdim etadilar:
a) texnik vazifa bo‘yicha:
kompleks ekspertiza o‘tkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyiha nomi ko‘rsatilgan yozma buyurtmanoma;
texnik vazifa loyihasi;
TITK qarori bayonnomasi;
b) TIA/TIHK bo‘yicha:
kompleks ekspertiza o‘tkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyiha nomi ko‘rsatilgan yozma buyurtmanoma, loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari, kompleks ekspertiza o‘tkazish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq birlamchi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, TIA/TIHK loyihasi.
Ekspertiza uchun kiritilayotgan hujjatlarning tuzilishi va mazmuni mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos bo‘lishi lozim.
12. Markaz tomonidan:
a) texnik vazifa:
mazkur Nizomning 2-ilovasi talablariga muvofiqligi;
loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlab chiquvchi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning imkoni boricha aniq-ravshanligi va asoslantirilganligi;
b) loyihaning TIA/TIHK:
mazkur Nizomning 4-ilovasi va tasdiqlangan texnik topshiriq talablariga muvofiqligi;
tasdiqlangan rivojlantirish konsepsiyalarini inobatga olgan holda (rivojlantirish konsepsiyalari mavjud bo‘lgan taqdirda) loyihani amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati va maqsadga muvofiqligi;
loyiha natijasida ko‘zda tutilayotgan mahsulot yoki xizmatga nisbatan mavjud va kutilayotgan talab;
texnik-texnologik yechimlar va loyihada nazarda tutilgan uskunalar narxlarining chegaralangan parametrlari;
loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va sarflangan mablag‘larni qoplay olishi;
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, normativ hujjatlar talablariga va qabul qilinayotgan qurilish qiymatining yuzaga kelgan bozor konyunkturasiga muvofiqligi jihatidan ekspertiza qilinadi.
Kontraktlar va import kontraktlarini ekspertiza qilish bo‘yicha Markazning ijobiy xulosasi olingan loyihalar TIA/TIHKdagi baholarning belgilanishi ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
13. Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaz va tashabbuskor (buyurtmachi) o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi. Ko‘rsatiladigan xizmat narxi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha oldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
14. Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
texnik vazifa — o‘n besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
TIA/TIHK — o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda.
15. Ekspertizadan o‘tkazish muddatini hisoblash:
loyihaning texnik vazifasi va TIHK uchun — buyurtmanomaning Markaz kanselyariyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kunidan;
loyiha TIA uchun — xizmatlar haqi to‘langanligi tasdiqlangan kundan boshlanadi.
16. Tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan mazkur Nizom talablari bajarilmagan, shu jumladan taqdim etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, Markaz hujjatlar taqdim etilgandan keyin ko‘pi bilan uch kun ichida yozma ravishda nomuvofiqliklar haqidatashabbuskor (buyurtmachi)ga xabar beradi. Ushbu holatda tashabbuskor (buyurtmachi) qayta ishlangan va to‘ldirilgan hujjatlarni taqdim etgan kun ekspertizadan o‘tkazish muddatining boshlangan sanasi hisoblanadi.
17. Markaz hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazishda quyidagi huquqlarga ega:
Zarur hollarda shartnoma asosida davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilm-fan va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va milliy kompaniyalar mutaxassislarini jalb qilish;
ekspertiza ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan vazirliklar va idoralarning faoliyatiga daxldor tegishli ma’lumotlar va materiallarni ulardan so‘rab olish;
kiritilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni tashabbuskor (buyurtmachi)dan so‘rab olish.
Markaz texnik topshiriqlar, loyiha oldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar va xizmatlarni subpudrat shartlari asosida boshqaga berish huquqiga ega emas.
18. Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlar sifati uchun javobgarlik tashabbuskor (buyurtmachi), ishlab chiquvchi va TITK zimmasiga yuklanadi.
19. Tashabbuskor(buyurtmachi)ga ekspertiza o‘tkazish yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa taqdim etiladi.
20. E’tirozlar yuzaga kelgan taqdirda tashabbuskor (buyurtmachi) ularni bartaraf etadi va qayta ishlangan hujjatlarni takroriy ekspertizadan o‘tkazish uchun, zarur hollarda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Markazga kiritadi.
Qayta ishlangan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi.
21. E’tirozlar tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan bartaraf etilganda, hujjatlarni takroriy ekspertizadan o‘tkazish o‘n besh ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
22. Qayta ishlangan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazishda tashabbuskor (buyurtmachi)ga avval berilgan xulosada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha e’tirozlar bildirishga yo‘l qo‘yilmaydi , avval berilgan e’tirozlarni bartaraf etish doirasida qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan bog‘liq e’tirozlar bundan mustasno.
23. Tashabbuskor (buyurtmachi) Markazning ijobiy xulosasi asosida:
a) texnik vazifa bo‘yicha — ushbu texnik vazifani tasdiqlaydi;
b) loyihaning TIA/TIHK bo‘yicha — ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlashga doir qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
24. Loyiha TIA/TIHK Markazning ijobiy xulosasi olingandan so‘ng bir yil davomida tasdiqlanmagan taqdirda, loyiha oldi hujjatlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.

Yüklə 189,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin