Quritish jarayonining variantlari



Yüklə 424,22 Kb.
səhifə1/19
tarix23.12.2022
ölçüsü424,22 Kb.
#77623
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ITI uchun malumot.



Quritish jarayonining variantlari

Quritish jarayonining variantlari bir - biridan qurituvchi agentga issiqlik berishning usuli bilan farqlanadi. Quritish jarayonining variantlarini tanlashda nam materialning xossalari va quritishning iqtisodiy tomonlari hisobga olinadi. Ushbu jarayonning asosiy variantlari bilan tanishib chiqamiz.



Quritish kamerasida havoni qo’shimcha qizdirish. Bu usul bilan quritish jarayonining sxemasi 1.20–rasmda ko’rsatilgan. Qurituvchi agentni qizdirish uchun quritish kamerasiga qo’shimcha ravishda isitish yuzasi kiritilgan. Bu jarayonni o’tkazishni J – x diagrammada tasvirlab, uni normal quritish jarayoni bilan solishtirsak, havo va issiqlikning solishtirma sarflari ikkala jarayonda ham bir ekanligi ko’rinadi. Biroq jarayonni quritish kamerasida, havoni qo’shimcha qizdirish yo’li bilan olib borishning afzallagi shundaki, bunda materialni quritishni nisbatan past temperaturalarda olib borish imkoni tug’iladi. Bu usul yuqori temperaturalarda o’z sifatini o’zgartiradigan materiallarni quritish uchun keng ishlatiladi.


1.20-rasm. Quritish kamerasida havoni qo’shimcha qizdirish usuli bilan quritish usulining sxemasi.




Havoni quritish kameralari oralig’ida qizdirish. Bu usulda ishlaydigan quritkichning sxemasi 1.21– rasmda ko’rsatilgan. Uchta quritish kameralarining orasiga V va S qo’shimcha isitgichlar o’rnatilgan. havo asosiy isitkich A da qizdirilib, birinchi quritish kamerasiga yuboriladi. Birinchi kameradan chiqariladigan havo atmosferaga chiqarilmasdan oralik isitgich V ga beriladi. Oraliq isitgichda qaytadan qizdirilgan havo (bunda uning nisbiy namligi kamayadi) yana ikkinchi quritish kamerasiga beriladi va hokazo. Bu jarayonni o’tkazishni J – x diagrammada tasvirlasak va uni normal jarayon bilan solishtirsak, ikkala jarayondan ham havo va issiqlikning solishtirma sarflari bir xil bo’lishini ko’ramiz, biroq normal quritish jarayonini amalga oshirish uchun birmuncha yuqori temperatura talab qilinadi.


1.21-rasm. Havoni quritish kameralarining oralig’ida qizdirish usuli bilan materiallarni quritish sxemasi:

1,2,3-quritish kameralari; A-asosiy isitgich; V, S – qo’shimcha isitgichlar.



1.22-rasm. Ishlatilgan havodan takror foydalanish usuli bilan materiallarni quritish sxemasi:

1-ventilyator; 2- isitgich; 3-quritish kamerasi.



Yüklə 424,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin