"Quvnoq startlar", "ifodali she’r aytish", diktantlar tanlovi o’tkazildi



Yüklə 291,77 Kb.
tarix13.01.2023
ölçüsü291,77 Kb.
#79161
Haydarova Nilufarning 2022 hisoboti


Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTBga qarashli 54- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Haydarova Nilufarning 2021-2022 o’quv yilida bajargan ishlari yuzasidan
HISOBOTI
O’z vatanini chin dildan sevish,uning shuhratiga shuhrat qo’shish, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo’yayotgan bolajonlarni kelajakni munosib vorislari qilib tarbiyalash o’qituvchi bo’lish orzusidagi har bir yoshning niyati. Milliy dasturimizning ajralmas qismi bo’lgan Davlat umummilliy dasturi asosida farzandlarimizga bilim berishda ularning fikrini mustaqil bayon etish har bir boshlang’ich sinf o’qitivchisining burchi va vazifasidir.
2021-2022-o’quv yilida menga 3-B sinf biriktirildi. 3-B sinfda jami 26 nafar o’quvchi bo’lib ulardan 12 nafari o’g’il bola, 14 nafari qizlar. Menga 3-B sinfda 16 soat dars soati berildi. 16 soat dars uchun o’quv rejalari tuzib, tasdiqlatdim. Yil davomida darslarni reja asosida yangi pedagogik texnologiyalar, har xil turdagi ko’rgazmali qurollar, har xil o’yinlar, didaktik materiallar, AKT dan foydalangan holda qiziqarli va mazmunli qilib o’tishga harakat qildim.
“Sentabr-boshlang’ich sinflar fan oyligi” o’tkazildi. 3-B sinfda tadbirlar va ochiq darslar tashkillandi.
“Quvnoq startlar”, “ifodali she’r aytish”, diktantlar tanlovi o’tkazildi.
14-yanvar “Vatan himoyachilarikuni” ga bag’ishlab rasmlar tanlovi, Kushin akademiyasida “Ilmdan afzalroq xazina bo’lmas” maktablar o’rtasida matematikadan olimpiadada qatnashishgan.”Eng yaxshi ijodiy ish” tanlovida faol ishtirok etdilar.
“Boshlang’ich sinf matematika darslarida zamonaviy metodlardan foydalanish” mavzusidagi metodik tavsiya viloyat miqyosida ommalashtirildi.

3-B sinfda “Ifodali o’qish” nomli to’garak tashkil etildi. To’garakka barcha 26 nafar o’quvchi jalb etildi. To’garakda o’quvchilar chioyli yozishni, she’r yodlashni, hikoya tuzishni o’rganib bordilar.


3-B sinf oquvchilari yil davomida maktab kutubxonasiga a’zo bo’lib turli xil kitoblarni olib o’qidilar.
2022-yil mart oyida boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’rtasida “Harakatli ko’rgazmalar” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ko’rik-tanlovda faxrli 1-o’rinni egalladim.

Maktabda o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan “Alpomish va Barchinoy” sport musobaqasida qatnashdim.

“Ustoz-2021” milliy mukofoti ko’rik tanlovining birinchi bosqichida qatnashdim. O’z ustimda ishlash davrida onlayn testlarda qatnashib sertifikatlarni qo’lga kiritdim.
Tumanda o’tkazilgan boshlang’ich ta’lim seminar-treninglarida qatnashdim.
“Khiso-2022” fan olimpiadasida faol ishtirok etdim.
2022-yil 25-may kuni “So’nggi qo’nqiroq” tadbiri ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Tadbirga ota-onalar taklif etildi. Yil davomida a’lo baholarga o’qigan, faol o’quvchilar va ularning ota-onalari maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. O’quvchilarni ota-onalaridan kafolat xati olgan holda uylariga kuzatdim.


Hisobot yozuvchi: N.Haydarova
Yüklə 291,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin