Quyida keltirilgan ma’lumot qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlang



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/3
tarix15.08.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#63131
  1   2   3
2 5452005737213468005





DTM
TARIX
31. Quyida keltirilgan ma’lumot qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlang.
“Tarix o’zining xudbinlarcha qaysarligi bilan quroldosh rus o’rtoqlarini halokatga duchor etgan Fransiya va Buyuk Britaniyaning harbiy qo’mondonligidan javob talab qiladi.Holbuki,ular ruslarni osongina qutqarishi mumkin edi”.
A) F.D.Ruzvelt B) fon Gindenburg
C) D.L.Jorj D) U.Cherchil
32. Quyidagi qaysi shaharda mo’g’ullar bosqini natijasida behisob xazinalar talanadi, asriy qo’lyozma
asarlar,muqaddas kitoblar yirtilib,gulxanga tashlanadi?
A) Samarqand B) O’tror C) Urganch D) Buxoro
33. Qaysi davlat an’anaviy sivilizatsiya jamiyatida shaxs va uning o’z hayot yo’lini erkin tanlashni rad etmasdan rivojlanishning yuqori darajasiga erishgan?
A) Xitoy sivilizatsiyasi
B) Hindiston sivilizatsiyasi
C) Yaponiya sivilizatsiyasi D) Islom sivilizatsiyasi
34. 1991-yili Vyetnamda bo’lib o’tgan VII syezd qanday natijalar bilan yakunlangan?
1) Oziq-ovaqt eksporti qisqartirildi;
2) Erkin tadbirkorlikka ruhsat berildi;
3) Dehqonlar uzoq muddat yerga egalik qilish huquqini oldi;
4) Iqtisodiyotga davlat aralashuvi kamaytirildi;
5) “Tirik tovar” savdosi cheklandi;
A) 2,3 B) 1,5 C) 2,4 D) 4,5
35. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining
birinchi kotibi Sobir Kamolov respublika partiya
tashkilotini boshqargan davrda amalga oshirilgan ishni aniqlang.
A) O’zbekiston ziyolilariga nisbatan qatag’onchilik
siyosati olib borildi;
B) O’zbek ziyolilarini oqlanishida tashabbuskorlik
ko’rsatdi;
C) Paxta harid narxini oshirishni Markaz oldiga qo’yib buni uddaladi;
D) Islom diniga erkinliklar berildi;
36. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 28-iyuldagi qarori bilan qayta tashkil etilgan
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga kim
raislik qiladi?
A) Bosh vazir B) Prezident
C) Bosh prokuror D) Viloyat hokimlari
37. “Tashselmash” zavodi qaysi yildan paxta terish
mashinalarining dastlabki partiyasini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan edi?
A) 1945-yildan B) 1948-yildan
C) 1947-yildan D) 1969-yildan
38. Qadimgi Rimda qaysi organ patritsiylardan ikki kishini bir yil muddatga hokim - konsul qilib saylagan?
A) Xalq majlisi
B) Beshyuzlar kengashi
C) Senat
D) Xalq tribuni
39. Ikki yuz yildan uzoqroq davom etgan kurashlardan
so’ng Sin davlati hukmdori o’zining barcha
raqiblarini yo’q qilib, yagona davlat tuzgan asrda …
A) Mauriya davlati rivojlanishda yuksak
pog’onalarga erishdi
B) Xeroneya yaqinidagi jangda Makedoniyaliklar
yunonlar ustidan g’alaba qozondi
C) Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha
boshladi
D) Avestoning dastlabki qisimlari paydo bo’ldi
40. Quyidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan qaysilari
Kiyev Rusida knyaz Yaroslav boshqaruvi davrida
amalga oshirilgan?
1) Dunay bo’ylarida yashagan bulg’orlarga qarshi
harbiy yurish uyushtirdi;
2) mamlakat gullab-yashnadi, maorif yuksaldi ;
3) bijanak qabilalari uzil-kesil mag’lub etildi;
4) Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan bilim
yurti ochildi;
5) Kiyevda, so’ngra Novgorodda yilnomalar tuzila
boshlandi;
6) Rusning Yevropa mamlakatlari nilan
munosabatlari rivojlangan.
A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5
41. Quyida berilganlardan Qadimgi dunyo tarixida mil.
avv. I asrda ro‘y bergan voqealarni aniqlang.
1) Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga
tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi;
2) Kushon davlatiga asos solindi;
3) Xitoyda qog‘oz ixtiro qilindi;
4) Rim eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylandi;
5) Qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon
«Geografiya» nomli asarini yozdi;
6) Rimliklar Karfagen shahrini vayron qilishdi.
A) 1, 3, 5 В) 1, 3, 6
C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 4
42. To‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping.
A) Mitanni – “dengiz xalqlari”
B) Qadimgi Hindiston − Kompas
C) Qadimgi Rim − Falanga
D) Qadimgi Rim− Imperator
43. VI asrning 80-yillari oxirida Turk xoqonligi G’arbiy va Sharqiy qismlarga bo’linib ketgan. G’arbiy turk xoqonligi tasarrufiga qaysi hududlar kirgan ?
1) Urxun havzasi; 2) Yettisuv; 3) Sharqiy
Turkiston; 4) Janubiy Sibir; 5) Shimoliy Xitoy ;
6) Amudaryo havzalari.
A) 1,3,5 B) 1,4,5 C) 2,3,6 D) 2,4,6
44. Qo’qon xoni Norbo’tabiy o’zidan norozi bo’lgan
shahzodalarni turli viloyat va tumanlar hokimi etib
tayinlagan. Quyidagilardan kimlar qaysi
hududlarga hokim etib tayinlanganligini mos
ravishda ko’rsatilgan javobni toping.
1) Muhammad Aminbek; 2) Rustambiy; 3) Umarxon;4) Olimbek;

a) To’raqo’rg’on; b) Marg’ilon;


c) Xo’jand; d) O’ratepa.

A) 2-d, 3-c B) 1-b, 4-a C) 2-c, 3-d D) 1-a, 4-b




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin