15–L
А
B
О
R
А
T
О
RIYA ISHI.
Quyosh batareyalarini tekshirish.
I. Ishdan maqsad:
1.1.Fotoelektrik o’zgartirgichlarni o’rganish.
1.2.Quyosh batareyasini o’rganish.
1. FOTOELEKTRIK O’ZGARTIRGICH.
Fotoelektrik o’zgartirgich (fotoelement)
–
fotonlar energiyasini elektr
energiyasiga aylantirib beruvchi elektron asbobdir. FEO’ dagi energiya
o’zgarishi fotoelektr effektga asoslangan bo’lib,
u no birjinsli
yarimo’tkazgich tarkiblarda ularga quyosh nurlanishi ta’sir etganda paydo
bo’ladi. 16.1-rasmda fotoelementning tuzilishi keltirilgan.
16.1-rasm. Fotoelementning tuzilishi.
Kremniy kristallari fotoelementlarning yuragi hisoblanadi.
Kremniy
kristallaridan plastinalar tayyorlanib, ularning bir tomoniga fosforning yupqa
qatlami, ikkinchi tomoniga esa borning yupqa qatlami surtiladi. Elektronlari
ortiqcha va taqchil bo’lgan muhitlar chegarasida p-n o’tish vujudga keladi.
Quyosh nurining fotonlari plastina sirtini bombardimon qiladilar va
fosfordagi ortiqcha elektronlarni borning yetishmaydigan elektronlariga
tomon yo’llaydilar. Natijada elektronlarning tartibli harakati
yoki elektr toki
vujudga keladi.
QUYOSH NURI
manfiy elektrod
antiblik qoplama
n–qatlam
p–qatlam
chegara qatlami
musbat elektrod
FEO’ dagi asosiy qaytmas energiya isroflari quyidagilarga bog’liq
bo’ladi:
1. quyosh nurlanishining o’zgartirgich sirtidan qaytishi,
2. nurlanish bir qismining FEO’ orqali unda yutilishsiz o’tishi,
3. fotonlar ortiqcha energiyasining panjaraning
issiqlik tebranishlarida
sochilishi,
4. FEO’da vujudga kelgan foto juftlarning rekombinatsiyasi,
5. o’zgartirgichning ichki qarshiligi.
Tayyorlash usuliga bog’liq ravishda quyosh elementlari quyidagi turlarga
bo’linadilar: