«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə12/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

o‘simliklardagi quruq modda
O‘simliklar quruq moddasining 90-95 % ni organik birikmalar, oqsillar va boshqa azotli moddalar, uglevodlar hamda yog‘lar tashkil etadi. Ularning miqdori hosil sifatini belgilaydi, 5-10 % ni esa mineral tuzlar tashkil etadi. Har bir qishloq xo‘jalik ekinlari ma’lum miqdorda oqsillar, qand, tsellyuloza, vitaminlar olish uchun etishtiriladi.
Masalan, em-xashaklar tarkibida tsellyuloza ko‘p bo‘lsa, uning em-xashakli qimmati pasayadi. G‘o‘za, zig‘ir, kanakunjut esa tola olish uchun etishtiriladi. Qaysiki, ularning tolasi asosan tsellyulozadan iborat bo‘ladi. Qand lavlagining sifati undagi saxarozaning oz-ko‘pligi bilan belgilanadi. Dukkakli ekinlar ularning tarkibida qanchalik oqsil to‘planishi bilan baholanadi.
Turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibidagi quruq modda miqdori har xil bo‘ladi. Masalan,

  1. pomidor va bodring mevasida - 4-6 %

  2. oqboshli karam va rediskada - 7-10 %

  3. sabzi, lavlagi, piyozda - 9-14 %

  4. kartoshka va qand lavlagida - 20-25 %

  5. g‘alla ekinlarining donida - 85-88 %

  6. kungaboqar urug‘ida - 90-93 %

Urug‘larning pishishi natijasida, ulardagi suvning miqdori kamayib boradi va quruq moddalarning miqdori 85-90 % gacha ko‘payadi.
Ekinlardan yuqori hosil etishtirish uchun ma’lum bir maydondan ko‘proq quruq modda olishga erishish lozim. O‘simliklarning to‘qimalarida suv borligini hisobga oladigan bo‘lsak, u yoki bu qishloq xo‘jalik ekinlarining hosilida qancha quruq modda borligini bilish mumkin.



ts/ga

Hosildorlik

Quruq modda

bug‘doy doni

30

25

makkajo‘xori doni

60

50

Kartoshka

250

50

qand lavlagi

300

60

Karam

500

40

Sabzi

400

40

Agarda asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan nisbatan yuqori hosil olinsa, uning tovar qismidan har gektar hisobiga 25-60 ts. quruq modda olish mumkin. Bundan tashqari quruq modda o‘simliklarning ildiz qismida va xo‘jalikda foydalanadigan ikkilamchi qismida qolib ketishi mumkin. O‘simliklar quruq moddani havodan karbonat angidrid gazi, tuproqdan ildizi orqali suv va mineral tuzlarni olish hisobiga to‘playdi.


Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari quruq moddasining tarkibi o‘rganilganda ularning tarkibidagi uglerod 45 %, kislorod 42 %, vodorod 7 % ni tashkil etib, bu elementlar quruq moddaning 94 % ni, qolgan moddalar esa 6 % ni tashkil etadilar (94 % quruq moddani tashkil etgan qismi o‘simlikning karbonat angidrid va suv hisobiga, qolgan 6 % qismi esa tuproqdan olinadi).



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin