«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə62/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Qand lavlagini o‘g‘itlash
Qand lavlagi turli tuproq-iqlim sharoitlarida etishtiriladi, lekin sanoat asosida, asosan Rossiyaning Markaziy qora tuproq mintaqasida va Ukrainaning o‘rmon dasht mintaqasida ko‘p etishtiriladi.
Qand lavlagi uchun tuproqning mo‘’tadil reaktsiyasi neytralga yaqin yoki kuchsiz ishqoriy bo‘ladi.
Qand lavlagi uchun eng yaqin yaxshi o‘tmishdosh ekin bu yaxshi o‘g‘itlangan kuzgi g‘allali ekinlardir. Tuproqdagi ozuqa moddalarni olib chiqib ketishiga ko‘ra qand lavlagi ancha oldingi o‘rinlarni egallaydi. Har gektaridan 100 ts ildizmeva etishtirilganda, 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor, va 60-90 kg kaliyni olib chiqib ketadi. Qand lavlagining ildizi yo‘g‘onlashgan bonitrovka qismidan va ingichkalashib boradigan qismdan iborat bo‘ladi. YOnboshga 40-50 sm va 2-2,5 m chuqurlikka kirib boradi. Qand lavlagi etishtirladigan maydonlarni tarkibida bor elementi bo‘lgan o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash maqsadga muvofiqdir. CHunki bor etishmasa qand lavlagining o‘zagida chirish kasali paydo bo‘ladi. Qand lavlagi avgustning boshlanishiga qadar ozuqa moddalarning 70 % ni iste’mol qiladi. Bu vaqtga kelib 60 % quruq modda hosil bo‘ladi. Qolgan 30 % ozuqa moddalar keyingi 1,5 oyda qabul qilinadi va ildizining hosili shakllanadi yoki ildizi kattalashadi.
Qand lavlagining tig‘iz oziqlanish davri barglarinig paydo bo‘lish djavriga to‘g‘ri keladi va shu vaqtda umumiy ozuqa moddalarning 25-30 % ni qabul qiladi.
Qand lavlagi uchun organik fosforli va kaliyli o‘g‘itlar kuzgi haydov ostiga solinadi. Namgarchilik etarli bo‘lmagan sharoitlarda azotli o‘g‘itlarni ham kuzda haydov ostiga solish mumkin. Sug‘oriladigan sharoitlarda 2-3 marta oziqlantirish mumkin. Bunda har gektariga 20-40 kg dan azot va 20-40 kg dan kaliy solinadi va sug‘oriladi.
Ekish bilan birga qatorga 15-20 kg fosfor donador superfosfat ko‘rinishida beriladi. Agar sistemali ravishda o‘g‘itlarni yuqori dozalarda ishlatilsa, o‘g‘itlarni qatorlarga solishga hojat qolmaydi.
Go‘ngning o‘rtacha normasi har gektariga 20 -30 t ni tashkil etadi. Kuzgi haydov ostiga solinadi.
Qand lavlagi uchun eng yaxshi azotli o‘g‘it natriyli selitradir. Kaliyli o‘g‘itlarning orasida silvinit yaxshi samara beradi. Fosforli o‘g‘itlardan esa nordon reaktsiyali muhitga ega bo‘lgan tuproqlarda fosforit uni va pesipitatdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida qand lavlagidan 500-600 ts ildiz hosili olish uchun har gektarga 20-30 t go‘ng va 90-150 kg azot, 40-90 kg fosfor va 40-60 kg kaliy solish kerak. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida fosforli, kaliyli o‘g‘itlar va go‘ng kuzgi haydov ostiga azotli o‘g‘itlar esa ekishdan oldin kultivatsiya bilan va oziqlantirishda beriladi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin