O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi sa`y harakatlarining biri – bu pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, pedagogik mahorat, ko`nikma, malaka va madaniyatga ega bo`lishlarini talab etmoqda. Bu esa o`z-o`zidan ta`lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa, umum ta`lim maktablarida o`qituvchi kadrlarning kreativligini rivojlantirishga bo`lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit xulosaga kelinmaganligi maqolamiz mavzusi dolzarbligining yana bir ko`rinishi hisoblanadi. Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar ko`plab G`arb mamlakatlarida turlicha tahlil etilgan va o`rganilgan. Masalan, N.N. Nechaev, Y.A. Ponomarev, D.V. Ushakov singari olimlar kreativlik masalasini umumiy tarzda o`rgangan bo`lsalar, N.A. Berdyaev, V.S. Bibler, V.N. Drujinin, P.A. Florenskiylar kreativlikning ma`naviy, psixologik jihatlarirni tahlil etgan.
XXI asrga kelib O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshladi. Ayniqsa, pedagogika fanining alohida va yosh tarmog`i sifatida shakllanib boshlagan Innovatsion pedagogikada Ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. R.A.Mavlanova o`zining «Boshlang`ich ta`limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya» nomli o`quv qo`llanmasida kreativlikning o`zi nima, uning shakllanishi masalalariga alohida to’xtalib o`tgan. Qo`llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari maxsus ilmiy tatqiqot ob`ekti sifatida tatqiq etilmagan. Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi kreativ yondoshuvni talab etadi. Ayniqsa, boshlang`ich ta`lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta`lim turidan biri bo`lib, ta`limning bu bosqichida pedagog o`qituvchilarga katta mas`uliyat yuklatiladi. Ya`ni boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik faoliyati hali maxsus o`rganishni talab etmoqda. Ko’plab ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, kreativlik tushunachiga nisbatan bir-biriga zid bo`lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:
1. Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2. Kreativlik – bu insonning o`ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish usulidir.
3. Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.
4. Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir.
5. Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.
6. Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma`naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir.
7. Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir.
Pedagog olima R.A.Mavlanova an`anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar:
- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),
- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Kreativlikni o`rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo`llashning umumiy qonuniyatlari va o`ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o`ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz.
Dostları ilə paylaş: |