288
to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba
xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydalanu-
vchilarga mazkur korxonaga kapital quyish va boshqa masalalar
bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya
balansi qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va uning mazmuni
korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining qoi-
dalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. Yillik moli-
yaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mum-
kin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy
hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho) dan iborat.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor
qilinmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan
ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq
javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: