2
R.D.Dusmuratov – iqtisod fanlari doktori, professor
A.S.Boltayev – katta o‘qituvchi
Darslik 230000-«Iqtisod» ta’lim sohasining 5230900-«Buxgalteriya
hisobi
va audit» bakalavriat ta’lim yo‘nalishining fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari
asosida tayyorlangan.
Darslik 3 bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limi
moliyaviy tahlilning
nazariy asoslariga, ikkinchi bo‘limi moliyaviy tahlil va uchinchi bo‘limi esa agrar
sohaning boshqa tarmoq korxonalari xo‘jalik faoliyatining tahliliga bag‘ishlangan.
U 17 ta bobdan iborat bo‘lib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarni o‘z
ichiga oladi. Darslik «Moliyaviy tahlil» fani bo‘yicha ishchi o‘quv dasturida
berilgan mavzularni to‘liq qamrab olgan. Xususan, har bir mavzu bo‘yicha nazorat
savollari va testlari berilgan.
Mazkur darslik 5230900 – «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi talabalari va boshqa iqtisodiy yo‘nalishlarda
tahsil olayotgan talabalar
uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, darslik
amaliyotdagi tadbirkorlar, iqtisodchi-
buxgalterlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari
uchun ham foydali deb
o‘ylaymiz.
Taqrizchilar:
K.R.Hotamov
-
O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi “Buxgalteriya
hisobi, tahlil va audit” kafedrasi mudiri,
iqtisod fanlari
doktori, dotsent
M.Yu.Raximov