R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

11.8-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida sotish rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot 
yili 
Qayta 
hisob-
langan 
Farqi 
(+;-) 
shu jumladan 
Yalpi foyda 
summasi 
o‘zgarishi 
hisobiga 
Sotishdan 
olingan sof 
tushum 
o‘zgarishi 
hisobiga 
1 Yalpi foyda, ming so‘m 
106442 
99644 
99644 
-6798 



Mahsulot 
sotishdan 
olingan sof tushum, ming 
so‘m 
653350 
683292 
653350 +29942 



Sotish rentabelligi, % 
16,3 
14,6 
15,2 
-1,7 
-1,1 
-0,6 
11.8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida sotish 
rentabelligi darajasi o‘tgan yili 16,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 
hisobot yilida 14,6 foizga teng bo‘lgan. Demak, sotish rentabelligi darajasi o‘tgan 


257 
yilga nisbatan hisobot yilida 1,7 foizga pasaygan. Bunday natija fermer xo‘jaligi 
uchun ijobiy holat hisoblanmaydi. 
Fermer xo‘jaligida sotish rentabelligi darajasining o‘tgan yilga nisbatan 
pasayishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalari 
quyidagicha bo‘lgan: 
-
birinchi omil, yalpi foyda summasining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 
6798 ming so‘mga kamayishi, sotish rentabelligi darajasini 1,1 foizga pasayishiga 
olib kelgan: 
15,2% – 16,3% = - 1,1 % 
-
ikkinchi omil, mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum 
summasining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 29942 ming so‘mga ko‘payishi, 
sotish rentabelligi darajasini 0,6 foizga pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
14,6% – 15,2% = - 0,6 %. 
Bunda mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum summasining 
o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 4,58 foizga o‘sish darajasiga qaraganda, yalpi 
foyda summasining o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 6,4 foizga kamayish 
darajasi yuqori bo‘lganligi bois, uning ta’sir darajasi (0,6 foiz) salbiy ta’sir 
ko‘rsatgan. 
Mazkur omillarning ta’siri natijasida sotish rentabelligi darajasi o‘tgan yilga 
nisbatan hisobot yilida 1,7 foizga pasayib ketgan. Shu sababli, “Sharq” fermer 
xo‘jaligi rahbariyati sotish rentabelligini oshirish choralarini ko‘rishi lozim. Tahlil 
natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaligida sotish rentabelligi darajasini oshirishning 
asosiy imkoniyatlari bo‘lib, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, sifatini 
yaxshilash hisobiga sotish bahosini oshirish va ishlab chiqarish tannarxi darajasini 
pasaytirish hisoblanadi. 


258 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin