11.8-jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligida sotish rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar tahlili
№
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
yil
Hisobot
yili
Qayta
hisob-
langan
Farqi
(+;-)
shu jumladan
Yalpi foyda
summasi
o‘zgarishi
hisobiga
Sotishdan
olingan sof
tushum
o‘zgarishi
hisobiga
1 Yalpi foyda, ming so‘m
106442
99644
99644
-6798
x
x
2
Mahsulot
sotishdan
olingan sof tushum, ming
so‘m
653350
683292
653350 +29942
x
x
3
Sotish rentabelligi, %
16,3
14,6
15,2
-1,7
-1,1
-0,6
11.8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida sotish
rentabelligi darajasi o‘tgan yili 16,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich
hisobot yilida 14,6 foizga teng bo‘lgan. Demak, sotish rentabelligi darajasi o‘tgan
257
yilga nisbatan hisobot yilida 1,7 foizga pasaygan. Bunday natija fermer xo‘jaligi
uchun ijobiy holat hisoblanmaydi.
Fermer xo‘jaligida sotish rentabelligi darajasining o‘tgan yilga nisbatan
pasayishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalari
quyidagicha bo‘lgan:
-
birinchi omil, yalpi foyda summasining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan
6798 ming so‘mga kamayishi, sotish rentabelligi darajasini 1,1 foizga pasayishiga
olib kelgan:
15,2% – 16,3% = - 1,1 %
-
ikkinchi omil, mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum
summasining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 29942 ming so‘mga ko‘payishi,
sotish rentabelligi darajasini 0,6 foizga pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan:
14,6% – 15,2% = - 0,6 %.
Bunda mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum summasining
o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 4,58 foizga o‘sish darajasiga qaraganda, yalpi
foyda summasining o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 6,4 foizga kamayish
darajasi yuqori bo‘lganligi bois, uning ta’sir darajasi (0,6 foiz) salbiy ta’sir
ko‘rsatgan.
Mazkur omillarning ta’siri natijasida sotish rentabelligi darajasi o‘tgan yilga
nisbatan hisobot yilida 1,7 foizga pasayib ketgan. Shu sababli, “Sharq” fermer
xo‘jaligi rahbariyati sotish rentabelligini oshirish choralarini ko‘rishi lozim. Tahlil
natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaligida sotish rentabelligi darajasini oshirishning
asosiy imkoniyatlari bo‘lib, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, sifatini
yaxshilash hisobiga sotish bahosini oshirish va ishlab chiqarish tannarxi darajasini
pasaytirish hisoblanadi.
|