10.2. Xususiy kapital tarkibi, strukturasi va dinamikasining tahlili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27 dekabrdagi
140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya balansi”da xususiy kapital
“O‘z mablag‘lari manbalari” bo‘limida aks ettirilgan. Yuqorida ta’kidlab
o‘tkanimizdek, xususiy kapital ustav fondi (ustav kapitali), qo‘shilgan kapital,
zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydani o‘z ichiga oladi.
Xususiy kapital tahlili uning tarkibi, strukturasi va dinamik o‘zgarishini
o‘rganish asosida baho berishdan boshlanadi. Buning uchun xususiy kapital
tarkibiga kiruvchi har bir kapital bo‘yicha o‘tgan yil va hisobot yiliga bo‘lgan
summasi hamda har birining jamiga nisbatan hissasi aniqlab olinadi. Shundan
so‘ng, xususiy kapitalning hisobot yilidagi summasi va salmog‘ini, o‘tgan yildagi
summasi va salmog‘iga solishtirib o‘zgarishlari aniqlanadi va baho beriladi.
Yuqorida ta’kidlangan qoidalarga asoslangan holda “Sharq” fermer
xo‘jaligining xususiy kapitali tarkibi, strukturasi va dinamik o‘zgarishini tahlil
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (10.1-jadval).
10.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi xususiy
kapitali tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u o‘tgan yilda ham hisobot yilida
ham ustav kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘lgan. Ya’ni,
o‘rganilayotgan davrlarda fermer xo‘jaligida qo‘shilgan kapital va zaxira kapitali
bo‘yicha summalar bo‘lmagan.
226
10.1-jadval “Sharq” fermer xo‘jaligining xususiy kapital tarkibi, strukturasi va dinamikasi tahlili №
Xususiy kapital
tarkibi
O‘tgan yil
Hisobot yili
O‘zgarishi (+;-)
Summa,
ming
so‘m
Salmog‘i,
%
Summa,
ming
so‘m
Salmog‘i,
%
Summa,
ming so‘m
Salmog‘i,
%
1
Ustav kapitali
18720
32,6
18720
19
-
-13,6
2
Qo‘shilgan kapital
-
-
-
-
-
-
3
Zaxira kapitali
-
-
-
-
-
-
4
Taqsimlanmagan
foyda
38746
67,4
80070
81
+41324
+13,6