243
Agarda sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish
tannarxi hisobot yilida
ko‘paymasdan, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni tashkil qilganda edi, yalpi foyda summasi
mahsulot sotishdan olingan sof tushumning hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan
ko‘payishi hisobiga 29942 ming so‘mga oshgan bo‘lar edi.
Shundan so‘ng, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan har bir mahsulot turi
bo‘yicha ham olingan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni tahlil qilib o‘rganish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, fermer xo‘jaligi
rahbariyati to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishi uchun avvalo xo‘jalikda
yetishtirilgan qaysi mahsulot
unga yuqori daromad keltirgani, ya’ni yuqori
baholarda iste’molchilar tomonidan sotib olinganligi, qaysi mahsulot turining fizik
miqdorining oshganligini va qaysi mahsulotni yetishtirish kam xarajatli ekanligi
kabi savollarga javob topishi zarur bo‘ladi.
Buning uchun albatta fermer
xo‘jaligida har bir yetishtirilgan mahsulot turi bo‘yicha olingan yalpi foyda
ko‘rsatkichini omilli tahlil qilib o‘rganish lozim. Shu sababli,
biz tahlil qilib
o‘rganayotgan “Sharq” fermer xo‘jaligida mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda
va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Fermer xo‘jaligida mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda ko‘rsatkichi ham
yuqoridagi kabi aniqlanadi, biroq uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy
omillarga yordamchi omillarni kiritish orqali quyidagicha
matematik formula
ko‘rinishida ifodalash mumkin:
YaF = SST - IT = (M×B) – (M×T), (11.2)
bunda,
M – sotilgan mahsulot miqdori;
B – 1 s mahsulotni o‘rtacha sotish bahosi;
T – 1 s mahsulotni o‘rtacha ishlab chiqarish tannarxi.
Yalpi foyda ko‘rsatkichini aniqlashda bunday yordamchi omillarni kiritish,
tahlil natijalari samaradorligini oshiradi.
Mazkur formuladan ko‘rinib turibdiki, mahsulot
sotishdan olingan yalpi
foydaning o‘zgarishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
sotilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishi;
-
1 s mahsulotning o‘rtacha sotish bahosining o‘zgarishi;
244
-
1 s mahsulotning o‘rtacha ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi.
Endi, “Sharq” fermer xo‘jaligida yetishtirilgan va sotilgan bug‘doy misolida
11.3-jadval ma’lumotlari asosida yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganamiz.
Dostları ilə paylaş: