314
III BO‘LIM. AGRAR SOHANING BOSHQA TARMOQ KORXONALARI
XO‘JALIK FAOLIYATINING TAHLILI
XIV BOB. QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB
CHIQARISH VA SOTISH TAHLILI
14.1. Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish va sotish
jarayonlarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot
manbalari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sotish ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq
ko‘rsatkichlardir. Ishlab chiqarish imkoniyatlari
cheklangan va talab esa
cheklanmagan sharoitlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Biroq, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bozor
to‘yingan, raqobat kuchayib borgan sari taxmin qilinayotgan sotish hajmi ishlab
chiqarish rejasini tuzishga asos bo‘ladi. Shu sababli,
bozor munosabatlari
sharoitida har bir korxona iste’molchi talabini chuqur o‘rgangan holda ularning
talabini qondira oladigan va sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan hajmda mahsulot
ishlab chiqarishi lozim. Bu esa, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni o‘z vaqtida sotilishi va ishlab chiqarishning uzluksiz faoliyat
yuritishini ta’minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish sur’atlari
hamda
sifatining oshishi korxonaning asosiy faoliyat xarajatlari, foyda miqdori va
rentabelligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shu bois,
ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini o‘rganish va ularning
samarasini oshirish imkoniyatlarini izlab topish
hamda korxonaning moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish choralarini ko‘rish tahlilning asosiy maqsadi bo‘lib
hisoblanadi.
Bunda tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi va uning
315
o‘zgarishiga baho berish;
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini o‘rganish hamda
ularning o‘zgarishiga baho berish;
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga
qanday omillar qay darajada ta’sir ko‘rsatganligini aniqlash;
-
mahsulot
ishlab
chiqarish
va
sotishni
ko‘paytirishning ichki
imkoniyatlarini aniqlash;
-
aniqlangan imkoniyatlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish.
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida
asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
biznes reja ma’lumotlari;
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari;
-
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari;
-
statistik hisobot ma’lumotlari;
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini
hisobda aks ettirish uchun
mo‘ljallangan tegishli schyot ma’lumotlari va boshqalar.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish
hajmi natural, shartli natural, mehnat va qiymat o‘lchovlarida ifodalanishi mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar
odatda,
qiymat o‘lchovi (pul)da baholangan holda olinadi. Buning uchun taqqoslama yoki
joriy narxlardan foydalanish lozim.
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash uchun ishlab chiqarish va
mahsulot sotish hajmlarining natural ko‘rsatkichlari (dona, metr, tonna va h.k.)
ham muhim ahamiyatga ega. Ulardan mahsulot ishlab chiqarish va sotish
hajmlarini alohida turlar va bir turdagi mahsulotlar guruhlari bo‘yicha
tahlil
qilishda foydalaniladi.
Shartli natural ko‘rsatkichlar ham qiymat ko‘rsatkichlari kabi mahsulot
ishlab chiqarish hajmlarini umumiy tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Masalan, tomat
316
pastasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda ming shartli banka, sharbat
mahsulotlari
ishlab
chiqaruvchi
korxonalarda
ming
dona
idish
kabi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Normativ mehnat sarfi
(norma-soatlar yoki normalashtirilgan maosh)
shuningdek, ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarish sharoitida natural yoki shartli
natural o‘lchovlardan foydalanish imkoni bo‘lmaganda foydalaniladigan mahsulot
chiqarish hajmini umumlashtirib baholash uchun mo‘ljallangan.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish hajmi
esa ularning xaridorlarga
yuklab jo‘natilishi yoki to‘lov (tushum) bo‘yicha belgilanadi.
U taqqoslanuvchi,
rejali va amaldagi narxlarda aks ettirilishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida
bu ko‘rsatkich qanday darajada bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulotlarni
sotish ishlab chiqarish va xaridor o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi.
Chunki, ishlab chiqarish jarayonining yakuniy bosqichi bu sotish jarayoni bo‘lib,
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishi korxonaning ijobiy moliyaviy natijaga
erishishi, aylanma mablag‘larining uzluksiz hamda samarali aylanishi, byudjet
oldidagi majburiyatlarini, mehnat haqi bo‘yicha to‘lovlarni,
kredit va qarzlarni
hamda mol yetkazib beruvchilar bilan o‘z vaqtida hisoblashishlarini ta’minlash
imkonini beradi. Shuningdek, mahsulot xaridorlarga qay darajada sotilayotganligi,
bozorda unga bo‘lgan talab qanday ekanligiga qarab mahsulotni ishlab chiqarish
hajmi ham belgilanadi.
Ishlab chiqarish hajmining tahlili mahsulotni ishlab chiqarish va sotish
dinamikasini o‘rganish, bazisli va zanjirli o‘sish sur’atlari va qo‘shimcha
sur’atlarini hisob-kitob qilishdan boshlanadi (14.1-jadval).
14.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, besh yil ichida mahsulot
ishlab chiqarish hajmi 12 foizga o‘sgan bo‘lsa,
bunga mos ravishda
mahsulotlarning sotish hajmi ham 11,3 % ga o‘sganligini ko‘rish mumkin. Agar
o‘tgan yillarda mahsulot ishlab chiqarish va sotishning o‘sish sur’atlari taxminan
mos kelgan bo‘lsa, oxirgi yilda mahsulot ishlab chiqarish sur’ati mahsulot sotish
sur’atining o‘sishiga qaraganda yuqori bo‘lgan. Bu korxona omborlarida
317
sotilmagan va xaridorlar tomonidan puli to‘lanmagan mahsulotlar qoldiqlarining
to‘planayotganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: