3.7-rasm.
Omillarni
korxona
faoliyatiga
bog‘liqligi jihatidan
tasniflanishi
Ammo korxona moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi shunday
omillar borki, ularning ta’sir darajalari sezilarli bo‘lishi mumkin, ammo ularni
oldini olish yoki bartaraf etishda korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan,
agrar sohada qishloq xo‘jalik ekinlari sel kelishi, do‘l yog‘ishi yoki sovuq urishi
kabi iqlim o‘zgarishlari borki, ularning qishloq xo‘jalik ekinlariga katta ta’sir
o‘tkazadi. Shu sababli, ushbu omillar korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan
omillar hisoblanadi.
Yana shunday omillar borki, ular ham korxona faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, korxona tomonidan amaldagi qonunchilikda
belgilangan qoidalarni to‘g‘ri talqin qilolmasligi yoki o‘z vaqtida bajarmasligi
natijasida turli jarima va penyalar to‘lashi mumkin. Jumladan, korxona to‘laydigan
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisob-kitob va to‘lash muddatlariga amal
qilinmasa, amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan qoidalar buzildi deb e’tirof
etgan holda korxonaga nisbatan jarima va qo‘shimcha penyalarni to‘lash
majburiyati yuklanadi. Bu esa, ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lib, korxona
foydasining kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, korxona rahbariyati amaldagi
qonunchilikda belgilangan qoidalarni to‘g‘ri talqin qilgan holda ish yuritishi
muhim ahamiyat kasb etadi.
3.3. Moliya-xo‘jalik faoliyatiga omillar ta’sirini aniqlash tartibi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan
iqtisodiy jarayonlar obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida ma’lum
Omillarni korxona faoliyatiga bog‘liqligi jihatidan tasniflanishi
Korxona faoliyatiga bevosita bog‘liq
omillar
Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan
omillar
Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjat talablarini buzish bilan bog‘liq omillar
66
bir natija ko‘rsatkichini yuzaga keltiradi. Chunki, moliya-xo‘jalik faoliyatini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bunda bir
ko‘rsatkich natija deb qaralsa, shunga bog‘liq bo‘lib qolgan ko‘rsatkichlar ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli, natija ko‘rsatkichiga
omillar ta’sirini aniqlash tahlilda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tahlilda natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar ta’sirini aniqlashda tahlil usullaridan keng foydalaniladi.
Iqtisodchi olimlarning asarlarida iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar
shartli ravishda ikki guruhga ajratilib ko‘rsatilmoqda:
-
oddiy an’anaviy usullar;
-
iqtisodiy-matematik usullar.
Hozir oddiy an’anaviy usullar guruhiga kiruvchi ko‘rsatkichlar farqi
usulining tahlilda qo‘llanilishiga kengroq to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Ya’ni, natijaning
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sirini ushbu usul yordamida qanday
aniqlanishini ko‘rib chiqamiz. Chunki, bu usul natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
ta’sirini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Bu usulning ahamiyatli jihati shundaki, natija
ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlash uchun hisoblanayotgan omilning farqi,
qolgan omillarning joylashish tartibiga qarab o‘rganilayotgan davrlarning miqdori
olinadi. Masalan, yalpi hosilga natija ko‘rsatkichi deb qaralsa, unga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar ekin maydoni va hosildorlik o‘rtasidagi bog‘lanishni
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
YAH = M x H, (3.13)
Bu yerda, YAH – yalpi hosil. Natija ko‘rsatkichi; M – ekin maydoni, H – hosildorlik.
Ekin maydoni va hosildorlik ko‘rsatkichlari natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
Yalpi hosil ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini ko‘rsatkichlar farqi usuli bilan
aniqlaydigan bo‘lsak, birinchi omil, ya’ni ekin maydonining yalpi hosilga
(∆YAH
m
) ta’sirini aniqlash uchun ushbu omilning farqini (M
1
– M
0
), ikkinchi omil
bo‘lgan hosildorlikning o‘tgan (reja) ko‘rsatkichiga (H
0
) ko‘paytirish lozim:
±∆YAH
m
= (M
1
– M
0
) x H
0
Ikkinchi omil, ya’ni hosildorlikning yalpi hosilning o‘zgarishiga (∆YAH
h
)
67
ta’sirini aniqlash uchun ushbu omilning farqini (H
1
– H
0
), birinchi omil – ekin
maydonining hisobot davridagi miqdoriga (M
0
) ko‘paytirish zarur:
±∆YAH
h
= (H
1
– H
0
) x M
0
Mazkur usulning amaliyotga qo‘llanilishini quyidagi “Sharq” fermer
xo‘jaligi misolida ko‘rib chiqish mumkin (3.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |