223
8.5. Inventarizatsiya o‘tkazish jarayoni
Inventarizatsiya boshlanishida har bir inventarizatsiya qilinadigan
obyekt bo‘yicha moddiy qiymatliklarning buxgalteriya daftarlaridagi
qoldiqlari chiqariladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tomonidan xonalar, qiymatliklarni
saqlash joylari plombalanib, obyektga begona shaxslarning kirishi
to‘xtatiladi va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi hamda ularni tamg‘alash
muddatlariga
rioya
qilinganligi
tekshiriladi.
Moddiy
javobgar
shaxslardan, ular tomonidan inventarizatsiya qilinadigan moddiy
qiymatliklarga doir barcha hujjatlar buxgalteriyaga topshirilganligi
to‘g‘risida tilxat olinadi.
Chakana savdo korxonalarida naqd pul mablag‘larining qoldig‘i va
kundalik pul tushumi aniqlanadi.
Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy boyliklarini inventari-
zatsiyadan o‘tkazishga tayyorlaydi (materiallar nomlari bo‘yicha
ajratiladi, tovarlar va idishlar navlarga ajratiladi). Yaroqsiz holga kelgan
va brak qilingan tovarlar alohida ajratiladi. Komissiya tomonidan
mavjud moddiy qiymatliklar o‘lchash, tortish, sanash va h.k. yo‘llar
bilan tekshiriladi va natijalari inventarizatsiya ro‘yxatlariga yoziladi.
Inventarizatsiya ro‘yxatlari 3-4 nusxada rasmiylashtiriladi. So‘ngra
aniqlangan haqiqiy qoldiqlar buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlar bilan
solishtiriladi. Inventarizatsiya natijalari dalolatnoma yoki taqqoslash
vedomostlari bilan rasmiylashtiriladi.
Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun korxonada
doimiy faoliyat
ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi
tuziladi. Uning tarkibi
quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: