R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy hisobotini tartibga solish
, shuningdek buxgalteriya hisobi 
standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Byudjet tashkilotlari hamda davlatning maqsadli jamg‘armalari 
buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish byudjet hisobi standartlari 
hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshirilishi belgilangan. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda 
hisobotlari amaldagi qonunchilikka muvofiq Markaziy Bank tomonidan 
tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari esa uning milliy 
standartlari bilan belgilanadi. Shuningdek, ushbu moddaga muvofiq kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 
buxgalteriya hisobini yuritish ham tegishli standart bilan belgilanadi. 
Qonunning eski tahriridagi «Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari» 
nomli 6-modda bekor qilingan. 
Qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobi standartlarining 
maqomini mustahkamlash va aniqlashtirish maqsadida «Buxgalteriya hisobi 
standartlari» nomli 10-modda kiritilgan. Ushbu moddada umuman 
buxgalteriya hisobi standartlari, xususan buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining mohiyati va 
ahamiyatiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, unda buxgalteriya hisobi milliy 
standartlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy 
hisobotni tuzishga doir maxsus talablar belgilanganligi ta’kidlanadi. 


369 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari esa buxgalteriya hisobi 
sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda qo‘llanishi 
belgilangan. 
Fikrimizcha, ushbu moddaga quyidagi mazmunda qo‘shimcha kiritilsa, 
milliy iqtisodiyot tarmoqlari miqyosida buxgalteriya hisobini tashkil etish, 
yuritish va hisobot tuzishning me’yoriy-uslubiy ta’minoti yanada 
mukammallashgan bo‘lar edi: 
«Tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan 
ushbu qonun va buxgalteriya hisobi standartlari qoidalariga zid bo‘lmagan, 
muayyan tarmoqning xususiyatlari hisobga olingan me’yoriy hujjatlar, 
uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyanomalar ishlab chiqiladi». 
Qonunning 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil 
etishga bag‘ishlangan(eski tahrirda «Buxgalteriya hisobini tashkil etish» 
nomli 7-modda). Yangi tahrirda bu moddaning nomlanishi, uning 
mazmuniga muvofiqlashtirilgan. Shuningdek, 6-«Buxgalteriya hisobi 
sub’ektlari» bilan bog‘liq aniqliklar kiritilgan. Jumladan, «buxgalteriya 
hisobi sub’ektining rahbari», «buxgalteriya hisobi xizmati», «buxgalteriya 
hisobi xizmatining rahbari», «ixtisoslashtirilgan tashkilot», «hisob siyosati» 
va boshqalar. Shartnoma asosida buxgalteriya hisobi bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatuvchi tashkilotlar ham aniqlashtirilgan. Bular: auditorlik tashkilotlari, 
soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar.
Buxgalteriya hisobi korxona aktivlari, xususiy, kapital, majburiyatlari, 
daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ro‘yxatga olish 
va umumlashtirish tizimidan iborat. Barcha sub’ektlar ikki yoqlama yozuv 
usulidan foydalanib, buxgalteriya hisobi standartlari va boshqa huquqiy-
me’yoriy hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishlari lozim. 
Buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini tashkil etish uchun buxgalteriya 
hisobi sub’ektining rahbari javobgardir. 
Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari quyidagi 
huquqlarga ega: 
1.
Buxgalteriya 
hisobi 
xizmatining 
rahbari 
boshchiligida 
buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb 
qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; 
2. Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga 
(auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida 
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan 
boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash; 
3.Buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan 
buxgalterlik firmasiga yoki buxgalter-mutaxassisga topshirish; 


370 
4. Buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritishi. Ammo har qanday 
holatda ham buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari quydagilarni 
ta’minlashi shart: 

hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; 

ichki nazorat tartibini; 

buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini; 

hisob hujjatlarining but saqlanishini; 

moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; 

soliq 
hisobotining 
va 
boshqa 
moliyaviy 
hujjatlarning 
tayyorlanishini; 

hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalaga oshirilishi va boshqalar. 
12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari.Ushbu modda ham 
yangidan kiritilgan bo‘lib, unda «buxgalteriya hisobi xizmati rahbari»ning 
maqomi va unga qo‘yiladigan talablar hamda ularga rioya etilishini 
ta’minlashga alohida urg‘u berilgan. Fikrimizcha, ushbu moddaning 
3,4,5,6,7-xatboshilarini qisqartirib, ularning o‘rniga 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin