378
19-modda
xususiy kapital va uni hisobga olishning
huquqiy maqomini
belgilaydi. Bu moddaga muvofiq korxonaning xususiy kapitali
ustav
fondidan(ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan
va
taqsimlanmagan foydadan
tashkil topadi.
Ushbu modda oldingi tahrirdagi shunday nomlangan 14-modda bo‘lib,
xususiy kapital tarkibini tavsiflashda «ustav fondi» tushunchasi kiritilgan.
Ustav fondi (ustav kapitali) korxona ta’sischilari tomonidan, uning
ta’sis hujjatlarida belgilangan hajmdagi ulushlar (pul ifodasidagi)
yig‘indisidan iboratdir. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida
qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar
yoki direktorlar
kengashi kelishuvi bo‘yicha ularning real qiymatiga asosan baholanadi.
Shuningdek, «qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot
tomonidan baholanishi kerak» degan qo‘shimcha kiritilgan.
Qo‘shilgan kapital aktsiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda
dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini bildiradi (aktsiyadorlik
jamiyatlarida). Yangi tahrirda «ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan
ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan
kurs farqini» ham qo‘shilgan kapital tarkibida aks ettirish belgilangan.
Oldingi tahrirda «Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida
hosil bo‘ladigan
inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek tekinga olingan mol-
mulk qiymatini aks ettiradi» deb tavsiflangan. Yangi tahrirda: «mol-mulk»
tushunchasi o‘rniga «uzoq muddatli aktivlar» tushunchasi kiritilib,
aniqlashtirilgan. Shuningdek, «qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida
nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalar» hisobiga ham
ko‘paytirilishi to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilgan.
Taqsimlanmagan foyda jamg‘arilayotgan foydani
bildiradi va u ustav
fondiga (ustav kapitaliga) o‘tkazilishi ham mumkin (mulkdorlar qaroriga
muvofiq).
Ustav fondi (ustav kapitali)ning buxgalteriya hisobida aks ettirilgan
summasi uning ta’sis hujjatlarida belgilangan summasiga teng bo‘lishi shart.
Agar yuridik shaxs ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga qaror qilsa,
u belgilangan tartibda ta’sis hujjatlariga ham o‘zgartirish kiritib, ularni qayta
ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
20-modda
garovni hisobga olish
tartibini belgilaydi (oldingi tahrirdagi
15-modda). Garov xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan kreditlar,
qarz mablag‘lari va boshqa yuzaga keladigan majburiyatlarning
qaytarilishini kafolatlash uchun xizmat qiladi.
379
Korxonaning o‘z majburiyatlari yoki boshqalarning
majburiyatlarini
ta’minlash uchun garovga berilgan mol-mulklar qiymati (o‘z mablag‘lari
ham) boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi.
Mulkiy yoki pullik garovlarni berib yubormasdan belgilangan
ta’minotlar, garovga olingan mol-mulk qiymati, garov sifatida qabul qilingan
pul mablag‘lari va valyuta qiymatliklari alohida balansdan tashqari
schyotlarda hisobga olinadi.
Garov bilan bog‘liq munosabatlar «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Kodeksi» va «Garov to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunning yangi tahririda ichki nazoratning maqomi va mazmunini
belgilaydigan, yangi 21-«Ichki nazorat» nomli modda kiritilgan. Unga
muvofiq
«
Dostları ilə paylaş: