R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

4
.3
-ra
sm

Davlat (unitar) korxona balansi 
Xususiy mulkchilik korxonasi balansi 
Aralash mulkchilik korxonasi balansi 
Jamoat tashkilotlari balansi 
Yakka balans 
Yig‘ma balans 
Dastlabki balans 
Joriy balans 
Sanatsiyalovchi balans 
Tugatish balansi 
Bo‘linish balansi 
Birlashtirish balansi 
Yuridik balans 
Alohida balans 
Kirish balansi 
Davriy balans 
Yakuniy balans 
Kirish balansi 
Bo‘linish balansi 
Birlashtirish balansi 
Tugatish balansi 
Bir tomonlama balans 
Ikki tomonlama balans 
Brutto balans 
Netto balans 
Asosiy(ustav) faoliyati balansi 
Asosiy bo‘lmagan faoliyat balansi 
Sanoat korxonalari balansi 
Transport tashkilotlari balansi 
Oborot (oborot-saldo) 
Oddiy shaklda 
Shaxmat shaklida 
Konsolidatsiyalangan balans 


79 
jamiyatlari, xo‘jalik shirkatlari va b.) balansi; jamoat tashkilotlari 
balansi va h.k
 
Axborotlar hajmi bo‘yicha
balanslar 
yakka, yig‘ma va 
umumlashtirilgan (konsolidatsiyalangan)
balanslarga bo‘linadi. 
Yakka 
balans
faqat bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik 
faoliyati natijalarini aks ettiradi.
Yig‘ma balans
bir nechta balanslarning moddalarini mos ravishda 
mexanik jamlash yo‘li bilan tuziladi. Yig‘ma balanslarning o‘ziga xos 
turlaridan biri konsolidatsiyalangan balans hisoblanadi. 
Umumlashtirilgan (konsolidatsiyalangan) balans
yuridik mustaqil, 
lekin iqtisodiy va moliyaviy jihatdan o‘zaro bog‘liq korxonalarning 
balanslarini birlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. Umumlashtirilgan 
balans «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasi va № 
8-«Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot va sho‘ba xo‘jalik jamiyat-
larida investitsiyalarni hisobga olish» nomli BHMSga muvofiq tuziladi.
Tuzish vaqti bo‘yicha
balanslar 
dastlabki, joriy, sanatsiyalanuvchi, 
tugatish, bo‘linish va birlashtirish
balanslariga bo‘linadi. 
Dastlabki (tashkiliy) balans
faqat bir marta tuzilib, korxonada 
buxgalteriya hisobini yuritish shundan boshlanadi. U korxona o‘z 
faoliyatini boshlayotgan vaqtda ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga 
qo‘shiladigan ulushlar hajmini bildiradi va korxona ustavi ro‘yxatga 
olinganidan keyin yoki aktivlar (ulushlar) ustav kapitaliga qo‘shilga-
nidan keyin tuziladi. 
Joriy balanslar
xo‘jalik yurituvchi subyektning butun faoliyat 
davri davomida belgilangan muddatlarda tuziladi. Ular boshlang‘ich 
(kirish), oraliq va yakunlovchi balanslarga bo‘linadi. Boshlang‘ich 
balans yil boshida, yakunlovchi balans esa yil oxirida tuziladi. 
Oraliq balanslar yil davomida tuziladi. Oraliq balanslar 
yakunlovchi balanslardan, birinchidan yakunlovchi balansga undagi 
moddalarni ochib beruvchi bir qancha hisobot shakllari ilova qilinishi 
bilan farq qiladi. Ikkinchidan, oraliq balanslar, qoidaga ko‘ra, faqat joriy 
hisob ma’lumotlari asosida tuziladi. Yakunlovchi balansni tuzishdan 
oldin esa to‘liq inventarizatsiya tuzilib, uning natijalari ham balansga 
ta’sir ko‘rsatadi va yakunlovchi balans aniq tuzilishiga erishiladi.
Sanatsiyalovchi balanslar
xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrot 
bo‘lishiga yaqinlashgan vaqtda tuziladi. Bunday sharoitlarda xo‘jalik 
yurituvchi subyekt o‘zini bankrot deb e’lon qilishi yoki kreditorlar bilan 
qarzlar bo‘yicha to‘lovlarni uzaytirishga shartnoma tuzishi zarur bo‘ladi. 
Ammo kreditorlar ko‘rgan zararlari qanchalik katta ekanligi va kel-


80 
gusida ularni qoplashga umid borligini bilishlari zarur. Sanatsiyalovchi 
balans auditor yordamida, xo‘jalik yurituvchi subyektdagi haqiqiy 
holatni baholash maqsadida, hisobot davri tugamasdan oldin tuziladi. 
Tugatish balansi 
xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilayotganda 
tuziladi. U boshqa balanslardan o‘z moddalarining hisob (dastlabki yoki 
tiklanish) qiymati bo‘yicha emas, balki tugatilish paytida har bir 
aktivning sotish mumkin bo‘lgan bahoda baholanishi bilan tubdan farq 
qiladi. «Noumid qarzlar», «Zararlar», «Kelgusi davr daromadlari» va 
«Kelgusi davr xarajatlari» moddalari tugatish balansiga kiritilmasligi 
mumkin. Ammo gudvill, patent va savdo belgilari qiymati kabi yangi 
moddalar paydo bo‘lishi mumkin. Tugatish davri boshidan barcha o‘z 
mablag‘lari maxsus ochiladigan «Tugatish» schotida hisobga olinib, 
unda keyinchalik mulkiy moddalar va xo‘jalik yurituvchi subyektni 
tugatish xarajatlari o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.
Bo‘linish balansi
yirik korxonani bir qancha mayda korxonalarga 
bo‘lish, bitta yoki bir nechta bo‘linmalarni boshqa korxonaga berish 
paytida tuzilib, so‘nggi holatda balans 
o‘tkazish balansi
deb ham ataladi. 
Birlashtirish balansi
bir nechta korxonalar bittaga birlashganida 
tuziladi. 
Huquqiy maqomi bo‘yicha buxgalteriya balanslari quyidagicha:


Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin