R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


ko`nikmalariga ega bo`lasiz



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

ko`nikmalariga ega bo`lasiz.


185 
7-bob. XO‘JALIK OPERATSIYALARINI HUJJATLASHTIRISH 
 
Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, hujjat keltiring.
Qur’oni Karim, Baqara
sur’asi, 111-oyatidan. 
 
7.1. Dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning
turkumlanishi 
 
Xo‘jalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish 
kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish 
orqali amalga oshiriladi. Kuzatish 
orqali korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi 
ko‘p sonli va turli xil faktlar olinadi Bu faktlarni esa ma’lum o‘lchov 
birliklarida ifodalash hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib qayd 
qilib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga baho berish uchun 
zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi. 
Hujjatlashtirish
buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan 
biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda 
dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini 
isbotlashdan iboratdir
.
Buxgalteriya hujjati 
– bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda 
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini 
isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma 
guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki 
sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi 
kerak. 
Dastlabki kuzatish 
Hisobning maqsad 
va vazifalaridan 
kelib chiqqan holda
iqtisodiy hodisalar 
faktlarini baholash 
va tanlash mezonlari 
Hisobda aks 
ettiriladigan 
obyektlar va 
hodisalarni bir xil 
talqin qilish 
Iqtisodiy hodisalar 
faktini kuzatish, 
o‘lchash va 
rasmiylashtirishni 
vaqt oralig‘ida 
muvofiqlashtirish 
Iqtisodiy 
hodisalarni, ularga 
keyinchalik ishlov 
berish uchun 
kuzatish va uzatish 
ustidan nazorat 
o‘rnatish 


186 
Ma’lumotlar hisob hujjatlaridan tashqari yumshoq disk, lazerli disk 
(CD ROM)da ham aks ettiriladi. Ulardan xo‘jalik muomalalari to‘g‘ri-
sidagi 
ma’lumotlarni 
olish 
va 
ularni 
ishlashda 
korxonalarda 
qo‘llaniladigan texnik vositalarga qarab foydalaniladi. Avtomatlashti-
rilgan ishlov berish uchun buxgalteriya hujjatlarida maxsus zaruriy 
qismlar (rekvizitlar) beriladi (korxonaning va bo‘linmalarining xos 
raqamlari (kodlari) va boshqalar). 
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va 
tahlil qilishda ulkan 
iqtisodiy
va 
huquqiy
ahamiyatga ega. 
Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni 
olish, xo‘jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda 
buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. To‘g‘ri tashkil 
etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suiiste’mol qilish hollarini 
aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi. 
Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O‘z 
vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik 
muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir. 
Ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslar bilan da’volar va 
har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil sifatida hamda hisob 
yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari 
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish 
huquqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik 
muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda 
ishonchliligini tekshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun 
hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q
degan qoida har bir buxgalter 
uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning 
yo‘qligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi 
subyektning o‘z xodimlari, investorlari, aksiyadorlari, davlat nazorat 
(ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib 
kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga 
qabul qilinishi mumkin: 

to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan; 

xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar 
tomonidan imzolangan. 
Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va 
tekshirishni bilish – buxgalterlarning malakali ishlashining asosidir.


187 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin