310
Nazorat savollari
1.
Buxgalteriya hisobi metodining muhim elementi sifatida kalkulatsi-yaning
mohiyati nimadan iborat?
2.
Kalkulatsiyaning turlari qanday va kalkulatsiyalash birligi nima?
3.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini kalkulatsiyalashning asosiy
bosqichlari
qanday?
4.
Ta’minot jarayoni va uni hisobga olishning mazmunini bayon qiling.
5.
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning mazmunini ochib bering.
6.
Realizatsiya jarayonining mohiyati va uning hisobi qanday tashkil etiladi?
7.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish hisobi qanday tashkil etiladi?
Nazorat testlari
1. Xo‘jalik jarayonlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ishlab chiqarish, sotish
B) ta’minot, ishlab chiqarish
C) ta’minot, ishlab chiqarish, sotish
D) ta’minot, realizatsiya, sotish
E) ishlab chiqarish, ta’minot
2. Xo‘jalik jarayonlari va ularni natijalarini nazorat qilish:
A) hujjatlashtirish orqali amalga oshiriladi.
B) kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
C) ikkiyoqlama yozish usuli orqali amalga oshiriladi.
D) hisob tuzish orqali amalga oshiriladi.
E) inventarizatsiya o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
3. Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash nima uchun zarur?
A) butun korxona bo‘yicha hisobot davrida nima va qanchadan sarflangan
B)
mahsulot, ish va xizmatlar muayyan turining tannarxini hisoblash uchun
ichki xo‘jalik rejalashtirish tizimi qandayligini aniqlash
C) bir xil xo‘jalik yuritish sharoitidagi korxonalarida
alohida ishlab
chiqarishni joriy xarajatlarni taqqoslash mumkinligini aniqlash
D) muayyan mahsulot
turini ishlab chiqarish,
ish bajarish yoki xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha biznes-reja tuzishda ushbu ma’lumotlardan qay darajada
foydalanishi
E) mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi tarkibini aniqlash