R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Qizil storno usuli
schotlar aloqasida yo‘l qo‘yilgan va schotlarga 
tarqatib yozilgandan so‘ng yoki hisobot tuzilgandan so‘ng topilgan xatolarni 
tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usul noto‘g‘ri schotlar aloqasi bilan yozuv yana 
o‘shaning o‘ziday qilib qizil siyoh bilan yoziladi. Shundan so‘ng to‘g‘ri 
yozuv oddiy rang bilan yozib qo‘yiladi. Summalar jamlanganda xato yozuv 


320 
va qizil rang bilan yozilgan (storno) yozuv o‘zaro bir-birini yo‘qotadi va 
to‘g‘ri yozuv qoladi.
Yo‘l qo‘yilgan xatoni qizil storno usuli bilan tuzatishni quyidagi 
misolda ko‘rib chiqamiz. 
Masalan, fermer xo‘jaligida hisobdor shaxsga xizmat safari uchun 
kassadan 50000 so‘m bo‘nak berildi va bu muomala schotlarga quyidagicha 
aks ettirilgan: 
1) 4890 – «Boshqa debitorlar qarzlari» schotining debeti – 50000 so‘m 
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schotining krediti – 50000 so‘m. 
Bu yozuv noto‘g‘ri, chunki hisobdor shaxsga xizmat safari uchun 
berilgan bo‘naklar 4890 –«Boshqa debitorlar qarzlari» degan schotda emas, 
balki 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» degan schotda hisobga 
olinishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish uchun avval xuddi shu xato 
yozuv qizil siyoh bilan yoziladi yoki oddiy rangda yozilib to‘rtburchak 
ichiga olinadi; 
2) 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari-joriy qismi» schoti debeti 50000 so‘m. 
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schoti krediti 50000 so‘m. 
Natijada ushbu qizil yoki to‘rtburchak ichiga olingan yozuv oldingi 
xato yozuvni yo‘qqa chiqaradi. So‘ngra mazkur xo‘jalik muomalasining 
mazmuniga mos keladigan to‘g‘ri yozuv oddiy rangda yoziladi. 
3) 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» schotining debeti 
50000 so‘m. 
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schotining krediti 50000 so‘m 
Yuqoridagi schotlar korrespondensiyasi buxgalterlik hisobi schotlarida 
quyidagicha aks ettiriladi:
1) 50000 
2) 50000 
S-do:100000 
1)
50000 
2)
50000 
3)
50000 
Oborot: — 
Oborot: — 
Oborot: — 
Oborot: 
50000 
S-do: —
S-do: 50000 
Schot № 4890 
«Boshqa debitorlar qarzlari» 
D-t К-t 
Schot №5010 
«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» 
D-t К-t 


321 
3) 50000 
Oborot: 50000 
Oborot: — 
S-do: 50000 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin