R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Hisob siyosatini shakllantirish tamoyillari



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

15.3. Hisob siyosatini shakllantirish tamoyillari 
 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va qoidalari 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» Qonuni, 
Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlari bilan 
belgilangan. Ularni amalga oshirishda muayyan korxonaning hisob 
siyosatida quyidagi farazlardan kelib chiqish zarur (15.2-rasm). 


396 
15.2 - rasm. Hisob siyosatining asosiy farazlari. 
 
Mulkiy alohidalik 
korxona mulklari va majburiyatlarining mulkdorlar 
mulklari va majburiyatlaridan alohida ekanligini bildiradi. Korxona 
balansida faqat qonunchilikka muvofiq uning tasarrufidagi mulklar aks 
ettirilishi, barcha boshqa qiymatliklar balansdan tashqari schotlarda hisobga 
olinishi mumkin. Bu bilan korxonaning haqiqiy mulkiy va moliyaviy 
ahvolini aniqlash uchun asos ta’minlanadi.
Korxona faoliyatining uzluksizligi 
hisob siyosati masalalari bo‘yicha 
biron-bir qarorni qabul qilish, korxona yaqin kelajakda o‘z faoliyatini 
to‘xtatmasligi va uning o‘z faoliyatini tugatish yoki sezilarli darajada 
qisqartirish maqsadi yo‘qligidan kelib chiqishini, natijada, majburiyatlar 
belgilangan tartibda so‘ndirilishini bildiradi.
Ushbu tamoyil korxona mulklarini baholash tartibida o‘z ifodasini 
topib, uni shunday hisob-kitob qilish kerakki, korxona u yoki bu hisobot 
sanasiga tugatilishi mumkin. 
Hisob siyosatini izchil qo‘llash deganda, korxona tomonidan tanlangan 
buxgalteriya hisobini yuritish usullari bir davrdan boshqasiga izchil 
qo‘llanilishi tushuniladi. Korxona tomonidan hisob siyosatiga kiritiladigan 
o‘zgartirishlar maqsadga muvofiq va asoslangan bo‘lishi lozim.
Korxona xo‘jalik faoliyati faktlarning vaqt bo‘yicha muvofiqligi ushbu 
faktlar ular bilan bog‘liq pul mablag‘larining kelib tushishi yoki 
to‘lanishidan qat’i nazar, qaysi hisobot davrida sodir bo‘lgan bo‘lsa, shu 
davrga olib borilishini bildiradi: 
­
xo‘jalik faoliyati faktlari ular sodir bo‘lgan davrda yoki sodir 
bo‘lishiga qarab, hisobot davri uchun buxgalteriya hisobida aks ettirilishi 
lozim; 
Hisob siyosatining asosiy farazlari 
Korxonaning mulkiy alohidaligi
Korxona faoliyatining uzluksizligi 
Xo‘jalik faoliyati faktlarining davriy 
muvofiqligi 
Hisob siyosatining uzluksiz 
qo‘llanilishi 


397 
­
hisobot davrida olingan yoki to‘langan barcha daromadlar va 
xarajatlar pul mablag‘larining haqiqatda olingan yoki to‘langan vaqtidan 
qat’i nazar, hisobot davrining daromadlari va xarajatlari deb hisoblanadi. 
Ushbu tamoyildan kelib chiqqan holda, barcha xo‘jalik operatsiyalari 
ular sodir bo‘lgan hisobot davrida aks ettirilishi lozim. Hisobot davrida 
qilingan, lekin kelgusi hisobot davriga taalluqli xarajatlar esa – buxgalteriya 
hisobida kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettiriladi va korxona tomonidan 
o‘rnatilgan tartibga muvofiq, ular tegishli bo‘lgan davr davomida hisobdan 
o‘chiriladi. 
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning ma’lum xo‘jalik vaziyatiga 
mos kelishini ta’minlaydigan, ma’lum tamoyillardan kelib chiqish zarur 
(15.3-rasm).

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin