R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


J.P.Savarining balanslar xilma-xilligi nazariyasi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

18.2. J.P.Savarining balanslar xilma-xilligi nazariyasi 
 
Luka Pacholining “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat” nomli kitobi 
chop qilinganidan (1494 y.) keyingi 200 yil davomida ko‘pchilik buxgaterlar 
u haqida yoki boshqa mualliflarning asarlari haqida eshitishmagan. 
Ko‘pchilik korxonalar hisobni oddiy (unigrafik) shaklda yuritishni davom 
ettirishgan va ikki yoqlama yozuv asoslarini bilishmagan. Buning izohi aniq 
– Frantsiyada XVII asrda davlat boshqaruvining yakka hokimlik shakli 
hukmronlik qilgan.
Mulkchilik shakli qanday (yakka yoki jamoaviy) bo‘lishidan qat’iy 
nazar, yirik korxonalarning katta hajmdagi buxgalteriya ma’lumotlari oddiy 
buxgalteriya bo‘yicha hisob yuritishga imkon bermas edi. Bunday sharoitda 
ularda ikki yoqlama yozuvni qo‘llash istisno emas, ko‘proq qonuniyatga 
aylangan. O‘sha davr amaliyotida balans tuzish maqsadida maqsadida har 
yili schyotlarni yopish va yakuniy hisobot tuzish nazarda tutilmagan.
Barcha korxonalar uchun soxta tugatish balansi (statik balans) 
tuzishdan oldin diskret inventarizatsiya majburiy hisoblangan. Inventar 
ro‘yxatiga faqat mulkiy huquq bo‘yicha tegishli bo‘lgan va yuqori 
likvidlikka (korxona bankrot bo‘lganida sotish imkoniyatiga) ega bo‘lgan 
mulklargina kiritilgan. Soxta tugatish paytida bozor sharoitidagi baholashga 
taalluqli, lekin ob’ektiv baho sifatida qabul qilish mumkin bo‘lmagan, sotish 
mumkin bo‘lgan bahodan tashqari, boshqacha bahoning mavjud bo‘lishi 
mumkin emas.
Sotish mumkin bo‘lgan bahoni asoslash uchun J.Savari birinchi bor 
Ordanansda “eng kam (past) baho printsipi”ni asoslagan, lekin u amalda har 
32
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.: Финансы 
и статистика, 1997. 


458 
doim ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmagan. Agar sotish bahosi hisobot 
sanasida moda o‘zgarishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra xarid xarajatlariga 
nisbatan pasayganida, bunday tovarlarni baholashda bozor baholari 
qo‘llanilgan. Va aksincha, omborlarda saqlanganidan so‘ng vujudga kelgan, 
joriy qiymat yuqoriroq bo‘lgan holatlarda tovarlarni tannarxi bo‘yicha 
baholanishi lozim. A.Ter Ven ushbu masala bo‘yicha J.Savari sharhlarining 
quyidagi tarjimasini keltirgan: “Tovarlarga baho qanday belgilanishi 
to‘g‘risidagi masala ham shunga taalluqlidir. Shuning uchun ham hozirgi 
vaqtdagi qpymatidan oshiq baholashdan saqlanish zarur, chunki bu faqatgina 
qog‘ozda boy bo‘lishga olib kelishi mumkin”
33
[5. -S. 20]. Kodeksda tarixiy 
qiymat bo‘yicha (xarid uchun qilingan haqiqiy xarajatlar – tannarxi 
bo‘yicha) hisobga olishga alohida o‘rin ajratilgan.
J.Risharning
34
[1. -S.68] ta’kidlashicha, J.P.Savari barcha maqsadlar 
uchun birgina statik balans bilan cheklanish yetarli emas (soxta tugatish), 
deb hisoblagan va tabaqalangan yondashuvni taklif qilgan:

foydani hisoblash uchun (inventar yondashuv); 

firmaning mulkiy holani ifodalash uchun (statik yondashuv); 

faoliyatni haqiqatdagi yoki taxmin qilinayotgan tuatish oqibatlarini 
aniqlash uchun.
Bizning fikrimizcha, statik balans bu “faoliyatni to‘xtatish taxmin 
qilinayotgan” balans, tugatish balansi – “faoliyatni haqiqatda to‘xtatish 
oqibatlarini aniqlash uchun tuziladigan balans”dir. Bunda tugatish balansi 
tugatish jarayonining boshlanishida, kreditorlar talabi bo‘yicha istalgan 
vaqtda va faoliyatni tugatish natijalari bo‘yicha tuzilishi zarur va shart. 
Biroq, XVII asrda tugatish balansi (kreditorlar talabi bo‘yicha) tuzilganligiga 
aniq ma’lumotlar mavjud emas. 
J.P.Savarining balanslar xilma-xilligi nazariyasiga o‘z tushunchamizni 
bayon qilishga harakat qilamiz. Bu yerda bir qator mezonlarni alohida ajratib 
ko‘rsatish mumkin: manfaatlar; maqsad; mulk; baholash 
(1-jadval).

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin