R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

to`grisida bilimlarga


schotlarni hisob obyektining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 
turkumlash; 

schotlarni tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlash; 
- s
chotlar rejasi bo‘limlarining mazmuni va chotlarning 
korrespondensiyalanishi haqida
ko`nikmalariga ega 
bo`lasiz.


145 
6-bob. BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARINING 
TURKUMLANISHI VA SCHOTLAR REJASI 
 
Schotlarni turkumlash schotlar rejasini
tuzishga olib keldi,schotlar rejasi esa, 
hisobning imkoniyatlarini kengaytirdi
.
Ya.V.Sokolov 
 
6.1.
 
Schotlarni turkumlashning ta’rifi 
 
Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatida mablag‘larini va ularning 
tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayonlarini hamda sodir bo‘la-
yotgan turli-tuman xo‘jalik muomalalarini aks ettirish uchun 
buxgalteriya hisobi schotlaridan foydalanadi. Bu schotlarda nimalar 
hisobga olinishi, ular yordamida qanday umumlashtiruvchi ma’lumotlar 
olish mumkinligini bilish shu schotlardan korxonalar amaliyotida to‘g‘ri 
foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Qo‘llanilayotgan 
buxgalteriya hisobi schotlari xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish 
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlashni ta’minlashi lozim. 
Schotlarda aks ettirilgan yozuvlar yordamida xo‘jalik jarayonlariga 
amaliy ta’sir ko‘rsatish va ular ustidan nazorat o‘rnatish uchun zarur 
bo‘ladigan ma’lumotlar umumlashtiriladi. 
Buxgalteriya hisobidagi mavjud schotlarning yig‘indisi 
schotlar 
tizimini 
tashkil etadi.
Buxgalteriya hisobining schotlar tizimini bilish barcha schotlarni 
ma’lum bir tartibda guruhlash (turkumlash) hamda har bir guruh 
schotlarining iqtisodiy mazmunini, ularning tayinlanishi va tuzilishini 
tushunish imkonini beradi.
Bunday turkumlashga negizida buxgalteriya hisobi predmetining 
iqtisodiy mazmuni, ya’ni xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning 
manbalari hamda mablag‘larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
jarayonidagi doiraviy aylanishi (xo‘jalik jarayonlari: ta’minot, ishlab 
chiqarish va realizatsiya) asos bo‘ladi (6.1-rasm). 
Schotlarni turkumlash quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: 
1)
schotning mazmuni, funksiyasi va tayinlanishini, uning boshqa 
schotlardan prinspial farqi va umumiyligini tushuntirish; 


146 
2)
schotlarning 
mohiyatini, 
ularning 
iqtisodiy 
shakllanishi 
va 
ishlatilishini o‘rganishni osonlashtirish; 
3)
schotlar rejasini tuzishda yordam beradi. 
 
.
 
.
 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin