R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

«Direkt-kosting»
tizimining negizini o‘zgaruvchan xarajatlar 
asosida mahsulotlar tannarxini hisoblash va marjinal daromadni aniqlash 
tashkil etadi.
«Direkt-kosting» tizimi 1936-yilda amerikalik iqtisodchi Jonatan 
Garrison (Jonatan Harryson) tomonidan yaratilgan.
Ushbu tizimga muvofiq tannarx tarkibida faqat bevosita xarajatlar 
hisobga olinishi zarur. Hozirgi vaqtda direkt-kosting tizimi barcha 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, 
Germaniya va Avstriyada «xususiy xarajatlar hisobi», Buyuk Britani-


266 
yada «marjinal xarajatlar hisobi», Fransiyada «marjinal buxgalteriya» 
yoki «marjinal hisob» deb nomlangan.
Mamlakatimizdagi buxgalteriyaga oid adabiyotlarda «cheklangan 
yoki qisqartirilgan tannarx hisobi» atamalari uchraydi.
Ushbu tizimni «buxgalteriya hisobining marjinal usuli» deb 
nomlash eng maqbul hisoblanadi. Bu «direkt-kosting» tizimining asosiy 
ko‘rsatkichi marjinal daromad ekanligi bilan izohlanadi(10.1-jadval).
Ushbu ko‘rsatkich yordamida zararsizlik nuqtasi, ya’ni rentabellik 
ostonasi aniqlanadi, mahsulotlarni sotish uchun zarar ko‘rilmaydigan 
baho aniqlanadi.
 
«Direct cost» bo‘yicha tuzilgan foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot 
10.1-jadval 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Summa 

Mahsulot sotishdan tushum
10 000 

O‘zgaruvchan xarajatlar
7 000 

Marjinal daromad (1-satr – 2-satr)
3 000 

Doimiy xarajatlar
1 000 

Foyda
2 000 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahsulot sotishdan tushum va 
o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi farq marjinal daromadni tashkil 
etadi.
Doimiy xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shilmaydi, balki bevosita 
korxona foydasini kamaytiradi.
«Direkt-kosting» tizimi korxona rahbariyati marjinal daromadning 
o‘zgarishi butun korxona bo‘yicha hamda har xil buyumlar bo‘yicha 
e’tibor qaratishga, ya’ni rentabelligi yuqori mahsulotlarni aniqlashga 
yordam beradi.
«Direkt-kosting» tizimining afzalligi shundan iborat-ki, u tannarxni 
faqat o‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topishi xarajatlarni norma-
lashtirish, budjetlashtirish, hisobga olish va nazorat qilishni soddalash-
tiradi. Chunki mahsulotlar tannarxi ancha shaffof, moddalar kesimida 
keltirilgan xarajatlar yaxshiroq nazorat qilinadi.
«Direkt-kosting» tizimi ishlab chiqarishning bozor konyunkturasi 
o‘zgarishiga javoban tez moslashishga imkon yaratadi. Shuningdek, u 
bozor sharoitida korxona boshqaruv tizimining tarkibiy qismiga 
aylanadi.


267 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin