372
va boshqa ichki ko‘chirib o‘tkazish yoki hisob-kitoblarga asoslangan,
ro‘yxatga olingan moddalar uchun isbotlovchi hujjatlar korxona ichida
to‘lg‘aziladi. Bu gap ma’lumotlarni elektron ishlov berishning buxgalterlik
tizimlariga ham taaluqlidir. Elektron ishlov berilgan ma’lumotlarni
kompyuterda saqlash va qog‘ozga bosmadan chiqarish tayyorgarligiga
qo‘shimcha talablar qo‘yiladi.
Boshlang‘ich hisobda qo‘llaniladigan barcha hujjatlar tegishli tarzda
saqlanishi uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim (
bu haqda 29-modda
sharhlarida ma’lumot batafsil beriladi
).
15-modda –
buxgalteriya hisobi registrlari
to‘g‘risida. Ushbu moddada
oldingi tahrirga (shu nomdagi 10-moddaga) nisbatan hozirgi davr talablariga
javob beradigan bir qancha muhim aniqliklar va qo‘shimchalar kiritilgan.
Jumladan, «buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot
tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron
hujjat tarzida yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin» deb
aniqlashtirilgan va to‘ldirilgan.
Shuningdek, «buxgalteriya hisobi registrlarida boshlang‘ich hisob
hujjatlaridagi ma’lumotlar tizimlashtirilishi va to‘planishi kerak»ligiga
alohida urg‘u berilgan. Chunki, buxgalteriya hisobida xo‘jalik
operatsiyasi(fakti)ning ibtidosi va isboti –
boshlang‘ich hisob hujjati
.
Boshlang‘ich hisobda hujjat bilan rasmiylashtirilmagan hodisa xo‘jalik
operatsiyasi(fakti) deb tan olinmaydi. Bu buxgalteriya hisobining
Dostları ilə paylaş: