440
A.Petro murakkab provodka tushunchasini kiritgan bo‘lib, bunda bir
necha schotlar debetlanadi va bitta schot kreditlanadi va aksincha, bir schot
debetlanadi va bir necha schotlar esa kreditlanadi.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga quyidagi italiyalik olimlar ham
ulkan hissa qo‘shgan.
Nikolod Anastisio mablag‘lar harakatlanishi ustidan qat’iy
nazoratni
ta’minlaydigan tizimni yaratgan.
Italiyalik nazariyotchi va yurist Franchesko Villa: davr boshidan
xo‘jalik mablag‘lari harakati ustidan nazorat o‘rnatish va barcha daro-mad va
xarajatlarni ro‘yxatga olishda hisobning maqsadini aniqlagan.
Shuningdek, xo‘jalik faoliyati faktlarini mantiqan yozishga doir
ta’limot asoschisi va schotlar turkumlanishi bo‘yicha yangi g‘oyalarni ilgari
surgan mualliflardan biri Djuzeppe Cherboni.
Fabio Besta – hisobni alohida korxona mablag‘larini
harakatga
keltiruvchi iqtisodiy nazorat haqidagi fan sifatida ta’riflagan.
Juzeppi Rossi (1845–1921) – italiyalik buxgalter, hisob axborotlari bir
odamdan
ikkinchisiga
hujjatlari
orqali
o‘tadi, deb hisoblagan.
Umumlashtiruvchi hujjat hisobot bo‘lib, u boshqaruv funksiyalarining uchta
- iqtisodiy (aktiv), yuridik (passiv) va ma’muriy (moliyaviy holat
to‘g‘risidagi hisobot) turini birlashtirgan holda korxonaning xo‘jalik holatini
aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: