484
holda ishlab chiqilib ikkinchi marta nashr qilindi. MHTning bu varianti
150 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
Ikkinchi variantiga qator yangi bo‘limlar va ko‘rsatkichlar kiri-
tilgan bo‘lib, uning tahliliy va axborot imkoniyatlari sezilarli darajada
kengaytirilgan. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish
ko‘rsatkichlarining taqqoslama baholaridagi hisob-kitoblari, shuningdek,
moliyaviy oqimni tashkil etuvchi yalpi mahsulot va oraliq iste’mol,
milliy boylik, qarzlar harakati, kreditlar oqimi va boshqa ko‘rsatkichlar
shular jumlasidandir.
MHTning tarkibi yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad va
ularning ishlatilishini, shuningdek, bozor iqtisodiyotidagi jiddiy
o‘zgarishlarni aks ettira oladigan boshqa ko‘rsatkichlarni ham qiymat
ifodasida hisoblash imkoniyatini beradi.
MHTda erishilgan tarmoqlararo balanslar jadvallarining organik
bog‘lanishlarini maxsus ta’kidlash zarur. Bu bog‘lanishlar tamoyillari
Nobel mukofoti laureati V.V.Leontevning iqtisodiyotga oid ishlarida
juda aniq bayon qilingan. Milliy hisobchilikning makrodarajasida
namoyon bo‘ladigan bu schotlar iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tuziladi.
Milliy hisoblar tizimining tarkibi jami ijtimoiy mahsulotni, milliy
daromadni va uning ishlatilishini, shuningdek, bozor iqtisodiyotida sodir
bo‘ladigan muhim o‘zgarishlarni aks ettira oladigan boshqa ko‘rsat-
kichlarni pul ifodasida hisoblab chiqarishga imkon beradi.
Quyida buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisobi schotlarining
tamoyili bo‘yicha tuzilib, oltita schotni o‘z ichiga oladigan milliy
hisoblarning qisqartirilgan chizmasi keltiriladi (19.1-jadval). Ma’lumki,
balans va schotlar ikki tomondan iborat: aktiv va passiv, debet va kredit,
ya’ni mablag‘lar va ularning manbalari, ko‘payishi (kirim) va kamayishi
(chiqim).
19.1-jadval
I. YALPI MAHSULOT SCHOTI
Dostları ilə paylaş: