R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Hisob siyosatini belgilovchi xalqaro standartlar



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

19.3. Hisob siyosatini belgilovchi xalqaro standartlar 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan 
№1 «Moliyaviy 
hisobotni taqdim etish»
nomli MHXS muhim ahamiyatga ega. U boshqa 
xalqaro standartlarning tuzilishini va ko‘proq mazmunini ham belgilab 
beradi. Ushbu standartdagi asosiy tamoyillar №1-«Hisob yuritish 
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMSda ham keltirilgan. Bular: 
uzluksizlik, doimiylik, daromadlar va xarajatlarni jamlash, ehtiyotkorlik, 
mazmunning shakldan ustunligi, muhimlik
. Hisobotlar aksiyadorlar
kreditorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli va 
ravshan bo‘lishi lozim.
№ 8 «Hisob siyosati, buxgalteriya hisob-kitob baholashlaridagi 
o‘zgarishlar va xatolar»
nomli MHXSda daromadlar to‘g‘risidagi 
hisobotning tuzilish tamoyillari bayon qilingan bo‘lib, u foyda va 


494 
zararlar to‘g‘risidagi hisobot deb ham ataladi. Hisobotlarga favqulodda 
foyda va zararlar ham kiritiladi, asosiy faoliyatdan olingan foyda ajratib 
ko‘rsatiladi. Bunday xususiyatlar O‘zbekistonda qo‘llaniladigan 
«Moli-
yaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»
(2-shakl)da o‘z ifodasini topgan.
№8 MHXSda belgilanganidek, o‘tgan davrlarda yo‘l qo‘yilgan 
xato va kamchiliklar oqibatida vujudga kelgan summalarga joriy hisobot 
davri daromadlari tuzatiladi, yoki ular alohida ushbu davr 
daromadlarining bir qismi sifatida ko‘rsatiladi. 
Hisob siyosatiga o‘zgarishlar qonunchilik yoki hisob standartlarini 
tasdiqlagan organlar hamda ushbu o‘zgarishlar hisobot sifatini oshira-
digan hollarda kiritilishi mumkin. O‘zgarishlar natijalari pul ifodasida 
baholanishi lozim. №8 MHXSning qoidalari ko‘p hollarda №1, 10, 12, 
14, 16, 21, 23 va 25 MHXS qoidalari bilan tutashib ketadi. 
№10 «Hisobot sanasidan keyingi o‘zgarishlar»
nomli MHXSda 
kutilmagan faktlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular sodir bo‘lib o‘tgan yoki 
sodir bo‘lishi va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekistonda ushbu xalqaro standart asosida №16 
«Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi xo‘jalik faoliyatida 
nazarda tutilmagan holatlar va yuz bergan hodisalar»
nomli 
buxgalteriya hisobi milliy standarti ishlab chiqilgan. 
№8
«
Operatsion segmentlar»
nomli MHXS turli mamlakatlarda va 
mintaqalarda faoliyat ko‘rsatayotgan hamda har xil mahsulot ishlab 
chiqaradigan va bir necha turdagi xizmatlar ko‘rsatadigan transmilliy 
korporatsiyalarga taalluqli. Hisobotlarda daromadlar va xarajatlar
moddiy va nomoddiy aktivlar, tarmoqlar, mintaqalar hamda sotish 
bozorlari bo‘yicha chegaralanadi. 
Aksiyalari fond birjalarida muomalada bo‘lgan va sho‘ba 
korxonalariga ega kompaniyalarda har bir tarmoq yoki mintaqaviy 
segment faoliyati bayon qilinib, ular bo‘yicha daromadlarni va 
segmentning aktivlarini pul ifodasida yoki kompaniya aktivlaridagi 
foizda hamda har bir segmentda baho shakllanishi tamoyillarini 
ko‘rsatgan holda tuziladi. Yig‘ma hisobot butun kompaniya bo‘yicha 
tuziladi.
№24 «Bog‘liq tomonlar to‘g‘risidagi axborotlarni yoritish»
nomli 
MHXSga muvofiq bog‘liq tomonlar deganda ulardan bittasi ikkinchi 
tomonni nazorat qila olish yoki moliyaviy va tezkor masalalar bo‘yicha 
qaror qabul qilishda jiddiy ta’sir ko‘rsata olish layoqatiga ega tomonlar 
tushuniladi. Bunday tomonlar o‘rtasida amalga oshiriladigan muoma-
lalarda bir tomon uchun ataylab zarar keltiradigan baholar qo‘llanilishi 


495 
yoki ma’muriyatga oshiqcha mukofotlar to‘lanishi hamda imtiyozli 
asoslarda qarzlar berilishi mumkin. Bular odatda maxfiy tusda bo‘ladi. 
Ushbu standart shunday faktlarni ochib berishni talab qiladi. Bunda 
tomonlar o‘rtasidagi muomalalar hajmini summada va ulushda, 
to‘lanmagan majburiyatlar, baho siyosatini va boshqalarni ko‘rsatish 
zarur. O‘zbekistonda bunday holatlarga o‘xshash aksiyadorlik jami-
yatlari affillangan shaxslar to‘g‘risidagi hisobot taqdim etishi lozim.
№3 «Korxonalarni birlashtirish»
nomli MHXS bosh korxona va 
sho‘ba korxonalar hisoboti uchun bag‘ishlangan. Standartda belgi-
lanishicha konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzishda sotib 
olingan korxona aktivlari va majburiyatlarini sotib olish sanasidagi 
adolatli baho bo‘yicha baholash zarur. Lekin haqiqiy sotib olish bahosi 
adolatli bahodan farq qilishi mumkin. Bu farq firmaning bahosi – 
gudvill
bo‘lib, u ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. Ijobiy gudvill 
amortizatsiyalanadi, salbiy esa uzaytirilgan daromad hisoblanib, 5 yil 
davomida foyda hisobidan qoplanadi.
№22 MHXSning ko‘plab qoidalari O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida ro‘y-
xatga olingan №8 «Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar va sho‘ba 
xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarida sarmoyalarni hisobga olish» nomli 
BHMSda o‘z aksini topgan.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin