523
4-ilova
«Turon» OAJ
2012-yil uchun hisob siyosatini tasdiqlash to‘g‘risida
Toshkent shahri
2011-yil 27-dekabr
—
1996-yil 30-avgustdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» 279-1-son
qonunga;
—
Adliya vazirligi 1998-yil 14-avgustda 474-son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazgan «Hisob siyosati va buxgalteriya hisoboti» 1-son BHMSga;
—
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan va muvofiq.
BUYURAMAN:
1. Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish maqsadlari uchun hisob
siyosati tasdiqlansin. U 2012-yil 1-yanvardan boshlab,
keyingi hisobot
davrlarida belgilangan tartibda zarur o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
kiritilib, qo‘llanilsin.
S.Rustamov
«Turon» OAJ boshqaruvi raisi
«Turon» OAJ boshqaruvi raisi S.Rustamovnng 2011-yil 25-
dekabrdagi 25-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
HISOB SIYOSATI
Umumiy qoidalar
1.
Korxonada buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonuniga, standartlarga va boshqa
me’yoriy hujjatlarga hamda yo‘riqnoma
materiallariga muvofiq
yuritiladi.
2.
Korxonada buxgalteriya hisobi mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida
buxgalteriya tomonidan bosh buxgalter rahbarligida amalga oshiriladi.
3.
Korxona Moliya vazirining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-son
qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vaziriligi 2002-yil 23-oktabrda
1181-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan namunaviy Hisobvaraqlar rejasidan
foydalanadi.
4.
Buxgalteriya hisobi kompyuter texnikasidan foydalanib yuri-
tiladi.
5.
Birlamchi hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslar ro‘yxatini rahbar alohida buyruq bilan tasdiqlaydi.
524
6.
Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi va
muddatini korxona rahbari
belgilaydi, inventarizatsiya o‘tkazish majburiy bo‘lgan hollar bundan
mustasno.
Dostları ilə paylaş: