R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Buxgalterlik (moliyaviy) hisobot



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Buxgalterlik (moliyaviy) hisobot
– 
bu hisobot davri uchun korxona
faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda 
taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami 
 


346 
inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
O‘z vaqtidalik
zarur moliyaviy hisobotlarni tegishli joylarga 
belgilangan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va 
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar (budjet tashkilotlaridan tashqari), barcha 
tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida 
moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil 
yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida, agar boshqacha muddat 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo‘lsa, taqdim 
etilishi lozim. U mulkdorlarning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan 
tartibda tasdiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotning 
oddiyligi 
uning qisqa va tushunarliligidan 
iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu 
talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.
Moliyaviy hisobotning 
tekshirishga qulayligi
unda taqdim etilgan 
axborotning istalgan vaqtda tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu 
shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning betarafligini bildiradi.
Taqqoslanuvchanlik
kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash 
maqsadida har xil vaqt oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjudligini nazarda 
tutadi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta’minlash 
maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirishlar moliyaviy yilning boshida 
kiritilishi lozim.
Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, hisobot davridan oldingi 
davr uchun ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kerak. Bunda O‘zbekiston 
Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish 
tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar 
qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy birligi shundan 
iborat.
Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushuntirish 
xatida tuzatishlar sababi ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim. 
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan kuchayadi, 
ya’ni u korxonaning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari kabi, uning 
filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil 
balansga ajratilgan boshqa tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini ham o‘z 
ichiga olishi lozim.
Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini 
aniqlash uchun zarur. Lekin undan foydalanishda axborotlarning foydalilik 
chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin emas. Bu esa noto‘g‘ri 


347 
xulosalarni shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hisobot davrida 
ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish tuzulmasini 
o‘zgartirish(diversifikatsiyalash) to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu 
munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan 
moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati 
yaxshilanishini faqat uzoq kelajakda ko‘rish mumkin.
Ushbu yondashuvlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda 
keltirilgan o‘tgan davrdagi va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin