R e j a: Fazo va fazoda mo`ljal olish haqida tushuncha. Fazoni idrok qilishva fazoda mo`ljal olishda so`zining roli. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo`ljal olishini o`zlashtirishi. Ko`rib idrok qilish va o`lchash asosida masofani


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni kuzatishning ahamiyati



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə2/3
tarix02.05.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#106176
1   2   3
Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni kuzatishning ahamiyati.
Ba`zi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hali tevarak atrofni kuzatishni, uni orientirovka qilishni yaxshi o`zlashtira olmagan bo`lishlari ham mumkin bo`ladi.
Masalan: o`z uylariga borishni bilmaydi. Lekin, aksincha bog`da bolalar bilan u o`ynaladigan o`yinlarning kamchiligi, mashg`ulotlar va boshqa ko`pgina bolalar ijodi- tevarak atrof bilan bog`ik.
MAS ALAN:
Boshlang`ich sinf (1-sinf) o`quvchisidan talab qilinadigan narsalardan biri-daftar yoki kitob varaqlarning farq qila bilishi.
O`ng varaq, chap varaq va h.k.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aslida tevarak atrof bilan tanishtirishning bu borasi shu bet yoki varaqidagi chizilgan, aks etgan rasmlar yordamida tushuntiriladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak atrofni yaratishda ega bo`lgan barcha bilimlarini puxtalash, uni kuzatish, orientirovka qila olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi ko`nikmalarini mustahkamlash va tevarak atrof haqida o`z fikrlarini to`la bildira oladigan terminlarning bolada yaxshi o`zlashtirilishini o`z vaqtida ta`minlab borish zarur.
Bu bilim malaka va ko`nikmalarning barchasi 1-sinf o`quvchisining materialini muvaffaqiyatli o`zlashtirishdagi yutug`i bo`lib hisoblanadi.
Tevarak atrofni anglash psixofiziologik mexanizmga ham bog`liqdir, u inson ongidagi ko`rish,eshitiш, so`zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg`ularining roli ahamiyatlidir.
Bolalarning tevarak atrof haqidagi lug`atlarining boyib borishi. Ularning tevarak atrofni tushunishidа ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta`minlaydi.
CHet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak atrofii o`rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog`lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak atrofni o`zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.
2. Tevarak atrofni idrok qilish biror bir mo`ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o`zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya`ni tanasining tomonlari bilan mo`ljal qiladi.
Bog`cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so`zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o`ngra.
Yosh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo`lib hisoblanadi va u o`zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo`ljalga oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo`shiladi. Bu nutqda ifodalashdir ya`ni so`zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o`ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo`ladi, qaysiki bu tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o`ngga, chapga.
SHunday qilib bog`cha yoshi tevarak atrofning tomonlarini, nomlarini so`z bilan belgilash sistemasi davridir.
Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Kuzatishlardan shu narsa ayon bo`ldiki yuqorida degan so`zda bola - boshi turgan tomonni, pastda esa - oyoqlari turgan joyni, oldinda - yuzi tomonni, orqasida esa - orqasini, o`ngda - o`ng qo`li qayerda bo`lsa o`sha tomonni, chapda - chap qo`li qaerda bo`lsa o`sha erni idrok qilgan. O`z tanasi bo`yicha tevarak - atrofni idrok qilish bu boshlang`ich idrok bo`lib xizmat qiladi.
Asosiy tomonlarni 3 ta gruppasi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo`yicha eng birinchi bo`lib yuqori farqlanadi. Bunda bola, tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq aniqlanadi va farqlanadi bola tomonidan.
Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini gruppasini o`zlashtirsa ham, hali u uning aniqligida yanglishadi.
Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o`ng va chapni ajratishdir.
Kuzatishlardan bola bu qarama - qarshi tomonlarni asta - sekin egallab boradi, qaysiki ularni tajribalari orqali egallab boradilar.

Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin