R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva



Yüklə 431,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/37
tarix26.12.2023
ölçüsü431,88 Kb.
#198545
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bitcoin LightingNetwork
kabi zamonaviy 
novatorlik yechimlari tartibga solish va kliring vaqtini soniyaning ulushiga teng 
bo‘lgan vaqtgacha qisqartirib, bitkoin blokcheyni hajmini oshirishga intiladi. «Pul 
jo‘natuvchi bir tarmoqda, oluvchi esa boshqa tarmoqda bo‘ladigan bank tizimida 
pul ko‘plab registrlar, vositachilar, tranzit maydonlar orqali o‘tib, tom ma’noda 
yo‘lda yo‘qolib qolishi mumkin. Aslida ham, qiymatni uzatishning bir onda ro‘y 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
beradigan va harajatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan turiga o‘tish uzoq vaqt davomida 
oraliq holatda turib qoladigan kapitalni ozod qiladi. Bu esa «
yo‘ldagi
» pul 
mablag‘laridan foyda oladigan vositachilarni xursand qilmaydi, albatta. 
Risklarni boshqarish.
Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk 
turlarini bartaraf qilishga imkon beradi. Birinchidan, tartibga solish riski – 
to‘lovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta ham xato ro’y bermasligi riski. 
Ikkinchidan, kontragentlik riski– ikkinchi tomon bitimni tartibga solish ro‘y 
bermagunga qadar defolt e’lon qilmasligi riski. Nihoyat, eng jiddiy 
tizimli risk

tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yig‘indisi. 
Qiymat innovatsiyasi
. Bitkoyn blokcheyniboshqa moliyaviy aktivlar bilan 
ishlash uchun emas, balkibitkoyinlar uzatish uchun yaratilgan. Biroq buochiq 
boshlang‘ich kodli vaturli xildagi tajribalarni rag‘batlantiradigan texnologiyadir. 
Ayrim novatorlar bitkoyin to‘lovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan alohida blokcheynlar, ya’ni altkoynlar yarata boshlashdi. 
Saydcheynlar
– imkoniyatlari va funksiyalari bo‘yicha bitkoyn blokcheynidan 
farq qiladigan, lekin uning havfsizligini pasaytirmagan holda bitkoyn kompyuter 
infratuzilmasi va rivojlangan tarmog‘idan foydalanadigan blokcheynlardir. 
Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli sxema – aktivlarni uchinchi tomon 
ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida 
aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda savdo platformalari yaratib, umuman bitkoyn 
va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar ham 
bor. Moliyaviy institutlaraktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish 
uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqdalar. Vaqt o‘tishi bilan 
esaan’anaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirilishi 
mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va shu bilan birga savdo mexanizmlari 
haqidani tasavvurlarimizni ham tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. 

Yüklə 431,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin